Bor nitrid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bndan yoʻnaltirildi)

Bor nitrid, BN — bornit azot bilan birikmasi. V2O3 ning qaytaruvchilar (kumir, magniy) bilan aralashmasini ammiak atmosferasida qizdirib yoki 2000° dan yuqrri temperaturada elementlardan olinadi; oddiy sharoitda aBN — kubik, grafitsimon oq poroshok holida boʻladi. 1350° dan yuqori temperatura va 5 GPa bosimda katalizatorlar ishtirokida BN ning grafitsimon ashaklidan olmossimon Rshakli (borazon) hosil boʻladi. Borazon yuqori temperaturaga chidamli kimyoviy barkaror birikmadir. Bor nitrid dan oʻtga gʻoyatda chidamli materiallar, yarimoʻtkazgichlar, dielektriklar, neytronlarni yutuvchi materiallar tayyorlanadi, oBN podshipniklarda quruq moy sifatida xizmat qiladi; borazon oʻta qattiq abraziv materiallar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil