Blue (ingliz guruhi)
| Blue | |
|---|---|
|
Blue 2019-yilda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida jonli konsert paytida. | |
| Fuqaroligi | London, Angliya |
| Kasbi | |
| Faoliyat yillari |
|
| Unvoni | |
Blue — Simon Webbe, Duncan James, Antony Costa va Lee Ryandan iborat ingliz guruhi. Guruh 2000-yilda tashkil etilgan va 2004-yil oxirida faoliyatidagi tanaffusni eʼlon qilishidan avval uchta musiqiy albom chiqargan. Blue Buyuk Britaniya Eurovision qo'shiq tanlovi 2011da „I Can“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, 100 ochko jamgʻargan holda 11-oʻrinni egallagan.
2013-yilda guruhning The Big Reunion loyihasida ishtirok etishi tasdiqlandi. Mazkur loyiha doirasida oʻtmishda mashhur boʻlgan oltita musiqiy guruh, jumladan Liberty X, Atomic Kitten va 5ive, maxsus konsert uchun qayta birlashgan[1]. 2013-yil 27-mart kuni guruh oʻsha yilning oʻzida oʻzining navbatdagi yakkaxon konsert safarini boshlashini maʼlum qilgan. Bu ularning qariyb oʻn yil ichidagi ilk konsert gastroli boʻlgan.
2015-yil aprel oyida Blue oʻzining beshinchi musiqiy albomi — Coloursning tijoriy muvaffaqiyatsizligi sababli Sony Music bilan hamkorligini yakunlagan[2]. 2022-yilda guruh „Haven't Found You Yet“ va „Dance with Me“ qoʻshiqlari bilan musiqiy faoliyatiga qaytgan. Ushbu qoʻshiqlar 2022-yil 28-oktyabrda chiqarilgan oltinchi albom — Heart & Soul tarkibidan oʻrin olgan.
Guruhning dunyo boʻylab 15 milliondan ortiq nusxadagi musiqiy albomlari sotilgan[3]. (BPI) maʼlumotlariga koʻra, Blue Buyuk Britaniyada 3,6 million albom va 2,6 million yakkalik qoʻshiqlari uchun sertifikatlarga sazovor boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Blue Join Reality Show The Big Reunion“. MTV (2013-yil 22-fevral). 2013-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-fevral.
- ↑ Rigby, Sam „Blue dropped by record label: 'We're going to keep doing what we love'“. Digital Spy (2015-yil 8-aprel).
- ↑ „Brighton turns Blue for Pride“. brighton-pride.org. 2015-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
- ↑ „Certified Awards“. Bpi.co.uk. 2013-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Blue (ingliz guruhi)“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |