Blennoreya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blennoreya (yun. blennos — shilimshiq va rheo — oqaman) — koʻz shilliq pardasi (konʼyunktiva)ga gonokokklar tushishi natijasida uning oʻtkir yiringli yalligʻlanishi. Chaqaloqlar, bolalar va kattalar B.si farq qilinadi. Chaqaloqlarga soʻzak (gonoreya) bilan ogʻrigan onadan tugruq vaqgida yoki bolani parvarish qilish vaqtida ishlatilgan buyumlardan yuqadi. B. koʻproqqiz bolalarda kuzatiladi; shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik sababli kasallik onadan qizga oʻtadi. Kattalarga esa aksari mikroblar bilan ifloslangan qoʻldan yuqadi, odatda bitta koʻz zararlanadi. B.da qovoq, koʻz shilliq pardasi shishadi, terisi qizaradi; koʻzdan yiring oqa boshlaydi; baʼzan qon aralash boʻladi; koʻzning muguz pardasi zararlanadi. Shilliq pardaning qattiq shishishi, koʻl yiring oqishi muguz pardaning yaralanishiga, oq tushishiga va koʻrishning keskin yomonlashuviga olib keladi. Hozir bu kasallik kam uchraydi. B.ga gumon qilinganda darhol vrachga murojaat etish va tuzalguncha davolanish lozim. Davosi: antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar buyuriladi, koʻz dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan botbot yuvib turiladi. Kasallikning oldini olishda sanitariya va shaxsiy gigiyena tartiblariga qatʼiy amal qilish, siydiktanosil aʼzolarida soʻzak boʻlsa oʻz vaqtida davolatish, homilador ayolning tugʻruq yoʻllarini tekshiruvdan oʻtkazish, shuningdek bola tugʻilishi bilan uning koʻzlariga penitsillin yoki albutsid eritmasi tomizish lozim.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil