Blastomerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Blastomerlar (blasto... va yun. meros — boʻlak) — koʻp xujayrali hayvonlarda urugʻlangan tuxum hujayralarning boʻlinib, maydalanish jarayonida hosil boʻladigan hujayralar. Boʻlinish davrlari oraligʻida B. oʻsmaganligi sababli har bir boʻlinishdan soʻng ular ikki marta kichrayadi. Telolesital (sitoplazmasida sariq moddasi notekis tarqalgan) tuxum hujayralar maydalanganida katta B. — makromerlar va kichik B.— mikromerlar hosil boʻladi. Gomolesital (sitoplazmasida sariq moddasi bir tekis tarqalgan) tuxum xujayralar boʻlinib maydalanish jarayonida bir xil kattalikdagi B. vujudga keladi. Sirtqi qavatda joylashgan B. yassilanganidan keyin tuxum hujayra maydalanishning soʻnggi bosqichi — blastula hosil boʻlishiga oʻtadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil