Blanco (qoʻshiqchi)
Blanco (qoʻshiqchi) | |
|---|---|
|
Blanco 2022-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
2003-yil 10-fevral |
| Janrlar | |
| Kasbi | qoʻshiqchi, bastakor |
| Faoliyat yillari | 2020-hozirgacha |
| Fuqaroligi | Italiya |
| Veb-sayt | https://www.blanchitobebe.com/ |
Riccardo Fabbriconi (2003-yil 10-fevralda tugʻilgan) — taxallusi Blanco, italiyalik xonanda va qoʻshiq muallifi[2].
Blanco 2021-yilda Italiya yakkaxon chartida birinchi oʻrinni egallagan „La canzone nostra“ va „Mi fai impazzire“ qoʻshiqlari bilan keng tanilgan. Keyinchalik u oʻzining ilk studiyaviy albomi — Blu celesteni chiqargan. Albomdan „Notti in bianco“, „Paraocchi“ hamda albomning nomdosh qoʻshigʻi yakkalik qoʻshiq sifatida eʼlon qilingan. 2022-yilda Blanco Mahmood bilan birgalikda „Brividi“ qoʻshigʻi bilan 72-Sanremo musiqa festivali gʻolibi boʻlgan. Ushbu qoʻshiq bilan duet Italiya Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022 tanlovida ishtirok etib, yakunda oltinchi oʻrinni egallagan.
Dastlabki hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Riccardo Fabbriconi 2003-yil 10-fevralda Bresha shahrida tugʻilgan[3]. Uning otasi Rimlik, onasi esa Lombardiyalik boʻlib, u Calvagese della Riviera qishlogʻida, Lake Garda yaqinida voyaga yetgan. Bolaligining katta qismini tugʻilgan shahri Bresha hamda Desenzano del Garda shahrida oʻtkazgan va shu yerda taʼlim olgan[4].
Bolaligida otasi uni Lucio Battisti, Lucio Dalla va Pino Daniele kabi sanʼatkorlar ijodi bilan tanishtirgan. Shuningdek, u radioda yangraydigan pom qoʻshiqlarini tinglashni yoqtirgan. Voyaga yetish davrida esa Italian hip hop sahnasiga qiziqish bildirgan[5].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020–2021: „Mi fai impazzire“ va Blu celeste
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil iyun oyida u SoundCloud platformasida oʻzining Quarantine Paranoid nomli qoʻshigʻini sini eʼlon qilgan. Ushbu reliz tufayli u Universal va Island Records kompaniyalari eʼtiboriga tushib, ular bilan shartnoma imzolagan[6]. Shundan soʻng u oʻzining ilk singli — „Belladonna (Adieu)“ni chiqargan[7], undan keyin esa ikkinchi singli — „Notti in bianco“ni taqdim etgan[8]. Mazkur qoʻshiq 2021-yil yozida katta ommalashuvga erishib, FIMI singllar chartida ikkinchi oʻringa qadar koʻtarildi[9].
2021-yil 8-yanvarda Blanco, Mace va Salmo hamkorligida „La canzone nostra“ yakkaxon qoʻshigʻini chiqargan[10]. Ushbu qoʻshiq Blanco faoliyatidagi FIMI singllar chartida birinchi oʻrinni egallagan ilk yakkaxon qoʻshigʻi boʻlgan[11] hamda 350 ming nusxadan ortiq sotilgani uchun besh karra platina sertifikatiga sazovor boʻlgan[12].
2021-yil 26-fevralda Blanco „Paraocchi“ yakkaxon qoʻshigʻini chiqargan[13]. Ushbu qoʻshiq ham FIMI singllar chartining kuchli oʻntaligidan joy olgan[14].
2021-yil 18-iyunda u Sfera Ebbasta bilan hamkorlikda „Mi fai impazzire“ nomli hit yakkalik qoʻshigʻini eʼlon qilgan[15]. Qoʻshiq FIMI singllar chartida ketma-ket sakkiz hafta davomida birinchi oʻrinda qolgan[16] hamda 420 ming nusxadan ortiq sotilgani uchun olti karra platina sertifikati bilan taqdirlangan[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Blanco“. Billboard (Italian). Qaraldi: 7 January 2023. „Il suo stile, una caratteristica miscela di pop, rap e trap, lo rende un artista peculiare molto amato dalla Gen Z“
{{cite magazine}}: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ Biazzetti, Claudio „Chi è Blanco: la vita del cantante de La Canzone Nostra“. Red Bull (2021-yil 19-may). 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
- ↑ Tomelli, Mauro „Blanco, il primo album è Blu celeste: "Niente etichette, io sto bene così"“ (it). Vanity Fair (2021-yil 19-sentyabr). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
- ↑ „Chi è Blanco: la vita del cantante de La Canzone Nostra“ (it). Red Bull (2021-yil 19-may). 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
- ↑ Benedetta Borioni. „15 domande a Blanco sul suo singolo d'esordio "Belladonna (Adieu)"“. i-D (2020-yil 22-iyun). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Blanco e Sfera Ebbasta fuori con "Mi fai impazzire"“ (2021-yil 18-iyun). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ Cristina Breuza. „Blanco pubblica Belladonna (Adieu)“ (2020-yil 24-iyun). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ Simone Zani. „Blanco Notti In Bianco: un racconto trasgressivo e romantico“. All Music Italia (2020-yil 31-iyul). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Classifica settimanale WK 37 (dal 10.09.2021 al 16.09.2021)“. FIMI. 2019-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
- ↑ Benedetta Borioni. „In viaggio con MACE, Salmo e Blanco“. i-D (2021-yil 8-yanvar). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Classifica settimanale WK 3 (dal 15.01.2021 al 21.01.2021)“. FIMI. 2019-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- 1 2 „Certificazioni“. FIMI. 2019-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral. Type „Tutti gli anni“ in the section „Anno“ and „Blanco“ in the section „Filtra“.
- ↑ It, Billboard „BLANCO non si ferma: dopo il platino arriva il nuovo brano "Paraocchi"“. Billboard Italia (2021-yil 22-fevral). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-may.
- ↑ „Classifica settimanale WK 36 (dal 03.09.2021 al 09.09.2021)“. FIMI. 2019-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Blanco e Sfera Ebbasta, il testo di Mi fai impazzire il nuovo singolo“. Sky TG24 (2021-yil 18-iyun). 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ Andrea Picariello. „Classifiche: "Mi fai impazzire" è il singolo più venduto in Italia“. 4Quarti Magazine (2021-yil 26-iyul). 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.