Blanche Chapman
Blanche Chapman | |
---|---|
Blanche Chapman 1909-yilda "Karam maydonidagi Wiggs xonim" asarida bosh rolni ijro etgan | |
Tavalludi |
1-noyabr 1851-yil Covington, Kentucky, AQSh |
Vafoti |
7-iyun 1941-yil (89 yoshda) Rutherford, New Jersey, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Turmush oʻrtogʻi | Henry Clay Ford |
Bolalari | Harry Chapman Ford |
Otasi | Harry Chapman |
Onasi | Julia Drake Chapman |
Blanche Chapman (1851-yil 1-noyabr – 1941-yil 7-dekabr) amerikalik aktrisa. Gilbert va Sullivanning koʻplab spektakllarida rol ijro etgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Blanche Chapman 1851-yil noyabrda Kentucky shtatining Covington shahrida tugʻilgan. Oʻn olti yoshida monastirdagi maktabda tahsil olgan[1].
Chapman teatrchilar oilasida ulgʻaygan. Uning katta bobosi Thomas Chapman boʻlgan[2]. Uning bobosi Samuel Chapman Covent Gardenda aktyor boʻlgan. Otasi uch oylik Chapmanni „Mr. and Mrs. Peter White“ nomli spektaklda ilk bor sahnaga olib chiqqan[3]. Uning singlisi Ella Chapman ham aktrisa boʻlib, Jon T. Ford tomonidan boshqariladigan teatrlarda rol ijro etgan[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faoliyatining dastlabki davrida Dion Boucicault, John T. Raymond, Edwin Booth, John McCullough va Joseph Jefferson kabi mashhur aktyorlar bilan sahnada birga ishtirok etdi. 1874-yilda singlisi bilan San-Fransiskodagi Metropolitan teatrida The Beautiful Chapman Sisters rolini ijro etishdi. Aynan shu teatrdagi bir tomoshada, opa-singillar kiyimlarini almashtirayotgan paytda, David Belasco oʻz debyutini ularning oʻrnini toʻldirish bilan amalga oshirgan edi[5].
1875-yilda Chapman Henry Clay Fordga turmushga chiqdi. U Linkoln teatrining menejeri edi. Uning uchta farzandi bor edi: dramaturg va yozuvchi Harry Chapman Ford, drama oʻqituvchisi Frank Ford va aktyor menejeri George Ford[6][7]. Georgening rafiqasi komediya aktrisasi Helen Ford edi[6]. Ular Vashingtondagi Logan Circle shahrida yashashgan[8].
Chapman Nyu-Yorkda muntazam ravishda chiqishlar qilardi. XX asr boshlarida, Henry teatrdan nafaqaga chiqqanidan soʻng, oila Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi, undan keyin Rezerford, Nyu-Jersida yashay boshlashdi[9].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1929-yilda, Henryning 1915-yil vafotidan oʻn yildan ortiqroq vaqt oʻtgach, Chapman Abraham Lincoln otib oʻldirilgan kreslo kursini Smitson institutidan oʻziga qaytarishni soʻradi. Bu kursi oʻsha yerda saqlanayotgan edi[10]. Henry Lincolnga yanada qulaylik taqdim etish maqsadida stul sotib olib, oʻrnatgan edi. Keyinchalik Chapmanga stul qaytarib berildi. 1929-yil dekabr oyida Chapman stulni Amerika sanʼat uyushmasi orqali oʻtkazilgan kimoshdi savdosida 2400 dollarga sotdi[11].
Chapman 1941-yil iyun oyida Nyu-Jersi shtatining Rutherford shahrida vafot etdi[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „A Lifetime of Theater“. Dartmouth Alumni Magazine (1968-yil yanvar). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ Sollers, John Ford. The Theatrical Career of John T. Ford. University Microfilms, 1962 — 262–263, 599-bet.
- ↑ „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ 6,0 6,1 „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „A Lifetime of Theater“. Dartmouth Alumni Magazine (1968-yil yanvar). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ Bogar, Thomas A.. Backstage at the Lincoln Assassination: The Untold Story of the Actors and Stagehands at Ford's Theatre (en). Simon and Schuster, 4 November 2013. ISBN 978-1-62157-174-2. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.

- ↑ Blouin, Francis Xavier. Archives, Documentation, and Institutions of Social Memory: Essays from the Sawyer Seminar (en). University of Michigan Press, 2 August 2007. ISBN 978-0-472-03270-9. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „BLANCHE CHAPMAN, ACTRESS, DIES AT 91; Star of '60s and '70s Widow of Manager of Ford Theatre, Where Lincoln Was Shot“ (en). New York Times (1941-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.