Biya — Oltoyoʻlkasidagidaryo, Ob daryosining eng yirik oʻng irmogʻi; Teles koʻlidan boshlanadi. Uz. 301 km, havzasiningmaydoni 37 ming km². B.ning yuqori qismi togʻlar orasidan, oʻrta qismi sertepa yerlardan, quyi qismi Lebed (oʻng) irmogʻi quyilgach, keng vodiydan oqadi. B. koʻproq qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Biysk shahri yonida 477 m³/sek. Noyab.dan aprelgacha muzlaydi. B. quyilish joyidan 225 km masofada kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi.