Biva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Biva koʻlining fazodan koʻrinishi.

Biva (yaponcha: 琵琶湖) — Yaponiyadagi eng katta koʻl, Xonsyu orolida joylashgan.[1] Biva koʻli qadimiy koʻl boʻlib, 4 milliondan oshiq yoshda sanaladi.[2] Bu koʻl jahondagi 13-eng qadimiy koʻl deb taxmin qilinadi.[3] Maydoni 716 km², chuqurligi 86 m gacha. Togʻ oraligʻi botigʻida joylashgan. Gʻarbiy qirgʻoqlari baland, sharqi — past. Koʻldan Yodo daryosi boshlanib Osaka qoʻltigʻiga quyiladi. Kanallar orqali Osaka va Kioto shaharlari bilan bogʻlangan. Kema qatnaydi. Turizm rivojlangan.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Biwa, Lake". Academic Dictionaries and Encyclopedias. http://universalium.academic.ru/236944/Biwa,_Lake. 
  2. Tabata, R.; Kakioka, R.; Tominaga, K.; Komiya, T.; Watanabe, K. (2016). Phylogeny and historical demography of endemic fishes in Lake Biwa: the ancient lake as a promoter of evolution and diversification of freshwater fishes in western Japan. Ecology and Evolution 6(8): 2601-2623.
  3. „Ancient lakes of the world“ (website). Christopher M. Free. 9-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]