Bitreyt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Bitreyt (inglizcha: bitrate) — vaqt birligi uchun maʼlumotlarni uzatish/qayta ishlashda qo‘llaniladigan bitlar sonini anglatadi. Kanal bo‘ylab maʼlumotlar oqimining samarali uzatish tezligini, yaʼni ushbu oqimni kechiktirmasdan o‘tkaza oladigan kanalning minimal hajmini o‘lchashda bit tezligidan foydalanish odatiy holdir.

Bitreyt soniyada bit (bit/s, bps), shuningdek kilo- (kbit/s, kbps) hamda mega- (Mbit/s, Mbps) va boshqa prefikslar bilan olingan qiymatlarda ifodalanadi.

Blok soniyasida bitlar („bit/s“ belgisi) tezligi Xalqaro birliklar tizimi (SI) yordamida  ko‘pincha „kilo“ (1 kbit/s = 1000 bit/s), „mega“ (1 Mbit / s = 1000 kbit/s), „giga“ (1 Gbit/s = 1000 Mbit/s) yoki „tera“ (1 Tbit/s = 1000 Gbit/s) kabi prefikslar bilan birgalikda qo‘llaniladi. „Bps“ nostandart qisqartmasi ko‘pincha „bit/s“ standart belgisini almashtirish uchun ishlatiladi, masalan, „1 Mbit“ soniyasiga bir million bitni ifodalaydi. Bir soniyada bir bayt (1B/s) soniyada sakkiz bitga (8bit/s) to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, „kibi“, „mebi“ kabi ikkilik prefikslaridan ham foydalanish mumkin.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hajmi sig‘imlanishi natijasida sifati yomonlashgan video va audio oqim formatlarida (masalan, MPEG va MP3), „bitreyt“ parametri oqimning sig‘imlanish darajasini ifodalaydi va shu bilan maʼlumotlar oqimi ixchamlashgan kanal hajmini aniqlaydi.

Ko‘pincha audio va videoning bit tezligi sekundiga kilobitlarda (inglizcha: kilobit per second, kbps), kamroq — soniyada megabitlarda (faqat video uchun) o‘lchanadi.

O‘chib ketgan maʼlumotlarni sig‘imlashning uch rejimi mavjud:

  • CBR (inglizcha: Constant bitrate) — doimiy bitreyt orqali;
  • VBR (inglizcha: Variable bitrate) — o‘zgaruvchan bitreyt orqali;
  • ABR (inglizcha: Average bitrate) — o‘rtacha bitreyt orqali.

Doimiy bitreyt[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimiy bitreyt — oqim maʼlumotlarini kodlash usuli bo‘lib, unda foydalanuvchi dastlab kerakli bitreytni o‘rnatadi va bu butun fayl davomida o‘zgarmaydi.

Uning asosiy afzalligi yakuniy fayl hajmini juda aniq bashorat qilish qobiliyatiga egalidir.

Biroq, doimiy bitreyt usuli vaqt o‘tishi bilan ovozi dinamik ravishda o‘zgarib turadigan musiqiy asarlar uchun unchalik mos kelmaydi, chunki u optimal hajm/sifat nisbatini taʼminlamaydi.

O‘zgaruvchan bitreyt[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zgaruvchan bitreyt kodek parametrlari bilan (kerakli sifat darajasi asosida) bitreyt qiymatini tanlaydi va bitreyt kodlangan fragment davomida o‘zgarishi mumkin. Ovozni sig‘imlashda kerakli bitreyt psixoakustik model asosida aniqlanadi. Ushbu usul chiqish faylining eng yaxshi sifat/o‘lcham nisbatini beradi, ammo uning aniq hajmini oldindan aytish juda qiyin. Ovozning tabiatiga qarab (yoki tasvir, video kodlashda) olingan fayl hajmi bir necha marta farq qilishi mumkin.

O‘rtacha bitreyt[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘rtacha bitreyt doimiy va o‘zgaruvchan bitreytning gibridi bo‘lib, kbit/s dagi qiymat foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladi va dastur uni maʼlum chegaralar ichida o‘zgartiradi. Biroq, VBR dan farqli o‘laroq, kodek foydalanuvchi tomonidan belgilangan o‘rtacha qiymatdan oshib ketish xavfisiz maksimal va minimal mumkin bo‘lgan qiymatlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanadi. Ushbu usul ishlov berish tezligini o‘rnatishning eng munosib tezligini (audio uchun bu CBR usulida 16ga ko‘paytmalarga nisbatan 8dan 320 kbps gacha bo‘lgan istalgan raqam bo‘lishi mumkin) va chiqish fayli hajmini bashorat qilishning nisbatan yuqori (VBR bilan solishtirganda) aniqligini taʼminlaydi.

MP3[tahrir | manbasini tahrirlash]

MP3 maʼlumotlar o‘chib ketgan audio sig‘imlash formati. Bitreyt oshishi bilan audio sifati yaxshilanadi:

  • 32 kbit/s — odatda faqat nutq uchun qabul qilinadi
  • 96 kbit/s — odatda past sifatli nutq yoki audio oqim uchun ishlatiladi
  • 128 yoki 160 kbit/s — musiqani kodlashning boshlang‘ich darajasi
  • 192 kbit/s — musiqani kodlashning qoniqarli sifati
  • 256 kbit/s — musiqani kodlashning yuqori sifati
  • 320 kbit/s — MP3 standarti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan eng yuqori kodlash sifati

Boshqa audio[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 700 bit/s ochiq kodli Codec2 nutq kodeki tomonidan qo‘llaniladigan eng past bitreyt bo‘lib, ovoz zo‘rg‘a tushuniladi. 1,2 kbps bitreyti esa nisbatan jarangli ovoz beradi.
  • 800 bit/s — FS-1015ga ixtisoslashtirilgan nutq kodeklarida qo‘llaniladigan nutqni aniqlashning talab qilinadigan minimal darajasi
  • 2,15 kbit/s — ochiq manbali Speex kodekining minimal bitreyti
  • 6 kbit/s — Opus ochiq manba kodekining minimal bitreyti
  • 8 kbit/s — nutq kodeklaridan foydalanuvchi telefon ovozi sifati
  • 32—500 kbit/s  maʼlumotlar Ogg Vorbis yordamida o‘chib ketgan audioning sig‘imlash bitreyti
  • 256 kbit/s — yuqori sifatli signal uzatishning Digital Audio Broadcasting (DAB) MP2 bitreyti
  • 400—1411 kbit/s — FLAC, WavPack yoki Monkey’s Audio kabi yo‘qotishsiz audio sig‘imlash formatlari uchun mo‘ljallangan bitreyt
  • 1411,2 kbit/s — audio-CDda ovozni kodlash uchun qo‘llaniladigan LPCM format bitreyti
  • 5644,8 kbit/s —  Super Audio CD kompakt disklarida foydalaniladigan DSD audio oqim bitreyti
  • 6,144 Mbit/s — AC-3 kodek asosida takomillashtirilgan E-AC-3  (Dolby Digital Plus) kodlash tizimi uchun mo‘ljallangan bitreyt
  • 9,6 Mbit/s — DVDdagi yuqori sifatli raqamli audio formati hisoblanuvchi DVD-Audio bitreyti. DVD-Audio video uchun mo‘ljallanmagan va kontsert yoki musiqiy klip DVD disklari bilan bir xil emas; bu disklarni DVD-Audio logotipisiz standart DVD-pleyerlarga  o‘ynatib bo‘lmaydi.
  • 18 Mbit/s — Meridian Lossless Packing tamoyillariga asoslangan yaxshilangan yo‘qotishsiz audio kodek bitreyti

Video[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 116 kbit/s — video fon sifati (turli xil video sig‘imlash sxemalaridan foydalangan holda „gapiradigan bosh“ tasviri uchun minimal talab qilinadi)
  • 128—384 kbit/s — qisqartirilgan hajmli videokonferensiyalar uchun mo‘ljallangan biznes sifati
  • 400 kbit/s — 240p ruxsatli YouTube videosi (H.264 kodli)
  • 750 kbit/s —360p ruxsatli YouTube videosi (H.264 kodli)
  • 1 Mbit/s — 480p ruxsatli YouTube videosi (H.264 kodli)
  • 1,15 Mbit/s maks — VCD (MPEG1kodli)56
  • 2,5 Mbit/s —720p ruxsatli YouTube videosi (H.264 kodli)
  • 3,5 Mbit/s (o‘rtacha) — standart aniqlikdagi televideniye (MPEG-2dan bitreyt orqali hajmi kamaytirilgan)
  • 3,8 Mbit/s — 720p ruxsatli va 60 kadr/s chastotali YouTube videosi (H.264 kodli)
  • 4,5 Mbit/s — 1080p ruxsatli YouTube videosi (H.264 kodli)
  • 6,8 Mbit/s — 1080p ruxsatli va 60 kadr/s chastotali YouTube videosi (H.264 kodli)
  • 9,8 Mbit/s (maksimum) — DVD (MPEG2 bilan kodlangan)
  • 8—15 Mbit/s (o‘rtacha) — yuqori aniqlikdagi televideniye ([[MPEG-4 AVCdan bitreyt yordamida hajmi sig‘imlashtirilgan)
  • 19 Mbit/s (namunaviy) — 720p ruxsatli yuqori aniqlikdagi video (MPEG-2 bilan kodlangan)
  • 24 Mbit/s (maksimum) — AVCHD format(MPEG4 AVC bilan kodlangan)
  • 25 Mbit/s (namunaviy) —1080i ruxsatli yuqori sifatli video (MPEG-2bilan kodlangan)
  • 29,4 Mbit/s (maksimum) — HD DVD
  • 40 Mbit/s (maksimum) —1080p ruxsatli Blu-Ray diski (MPEG-2, MPEG-4 AVC yoki VC-1bilan kodlangan)
  • 250 Mbit/s (maksimum) — DCP (JPEG 2000 bilan kodlangan)
  • 1.4 Gbit/s — sig‘imlanmagan 1080p va 24 kadr/s chastotali 10-bit 4:4:4

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]