Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi
![]() | |
Qisqartma | BMT QBOKB |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1950-yil 14-dekabr |
Joylashuvi | Jeneva, Shveytsariya |
Direktori | Filippo Grandi |
Ishchilar soni | 13,354 (2022[1]) |
Vebsayti | unhcr.org |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy Komissarligi boshqarmasi (BMT QBOKB) (inglizcha: Office of the United Nations High Commissioner for Refugees (UNHCR)) – qochqinlarga yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadigan BMT tizimidagi tashkilot.
1949-yilda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida (319 (IV) -sonli „Qochoqlar va apatridlar“ maxsus rezolyutsiyasi) 1951-yil 1-yanvardan Qochqinlar boʻyicha Oliy Komissarligi boshqarmasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. 1950-yil 14-dekabrda boʻlib oʻtgan Bosh Assambleyaning navbatdagi sessiyasida BMT QBOKBning nizomi (428 (V) -sonli maxsus rezolyutsiya) tasdiqlangan. Ushbu sanani baʼzan boshqarmaning tashkil topgan sanasi deb ham hisoblashadi.
Bosh qarorgohi – Jenevada, dunyoning koʻplab poytaxtlari va mojarolar kechayotgan nuqtalarida vakolatxonalari mavjud. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissari boshqarmaga rahbarlik qiladi. 2016-yil 1-yanvardan boshlab bu lavozimni UNRWAning sobiq Bosh komissari Filippo Grandi egalladi.