Birlamchi va ikkilamchi sifatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Birlamchi va ikkilamchi sifatlar — 17—18-asrlar bilish nazariyasidagi tushunchalar. Narsalar sifatini farqlash uchun qoʻllanilgan. Bu tushuncha Aristotel, Demokrit, Dekart, Gassendi, Gobbs asarlarida uchrasada, dastlabki termin sifatida uni ingliz faylasufi J. Lokk qoʻllagan. J. Lokk fikricha, birlamchi yoki obʼyektiv sifatlar — uzunlik, kattalik, hajm, figura va boshqadir; ikkilamchi yoki subʼyektiv sifatlar — rang , ovoz, maza, hid va boshqadir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil