Blastopor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Birlamchi og‘izdan yoʻnaltirildi)

Blastopor (blasto... va yun. poros — teshik), birlamchi ogʻiz, gastropor — koʻpchilik koʻp hujayrali hayvonlarning embrionida gastrulaning atrof muhit bilan aloqasini taʼminlaydigan teshikcha. Rivojlanish jarayonida baʼzi hayvonlar (birlamchi ogʻizlilar)da B. ogʻizga aylanadi yoki ogʻiz hamda anal teshikni hosil qiladi, ikkilamchi ogʻizlilarda B. oʻrnida orqa chiqaruv teshigi yoki hazm qilish boʻshligʻini nerv nayi boʻshligʻi bilan tutashtirib turadigan nervichak nayi hosil boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil