Birdamlik haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birdamlik Haykali
Statue of Unity.jpg
Koordinatalari 21°50′17″N 73°43′09″E / 21.8380°N 73.7191°E / 21.8380; 73.7191 G OKoordinatalari: 21°50′17″N 73°43′09″E / 21.8380°N 73.7191°E / 21.8380; 73.7191 G O
Joylashuv Narmada Vodiysi Kevadiya, Narmada, Gujarat, Hindiston
Dizayner Ram V. Sutar
Turi Haykal
Material Beton va guruch qoplamasi bilan mustahkamlangan temir karkas, bronza qoplama
Balandligi 182 m
Eni 250px
Qurila boshlagan 31-oktabr, 2013-yil(2013-10-31)
Qurilish tamomlangan 30-oktabr 2018-yil
Ochilish sanasi 31-oktabr 2018-yil
Koordinatalari 21°50′16.8″N 73°43′8.8″E / 21.838000°N 73.719111°E / 21.838000; 73.719111 G OKoordinatalari: 21°50′16.8″N 73°43′8.8″E / 21.838000°N 73.719111°E / 21.838000; 73.719111 G O

Birdamlik haykali — balandligi 182 metr boʻlgan dunyodagi eng baland haykal[1] boʻlib, Hindistonning Gujarat shtatida joylashgan. Ushbu ulkan haykalda Vallabhabhai Patel (1875-1950) — Hindiston mustaqilligi kurashchisi, mamlakat konstitutsiyasi hammuallifi siymosi aks ettirilgan. Mahatma Gandining sodiq izdoshi boʻlgan Patel ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimini olgan. Oʻsha vaqtda knyazliklari soni 500dan koʻproq boʻlgani uchun ularni bir butun qilib ushlab qolish murakkab ish edi. Biroq Patel Hindistonni qilich va qon bilan emas, balki tinch yoʻl bilan birdamlikka olib kelgan. Haykal Gujaratdagi Kevadiya koloniyasining Narmada daryosi yaqinida joylashgan boʻlib, Vadodara shahridan 100 kilometr janubi-sharqda Sardor Sarovar toʻgʻoniga yuzlashgan holda oʻrnatilgan[2].

Loyiha birinchi marta 2010-yilda eʼlon qilingan va haykal qurilishi 2013-yil oktabr oyida Hindistonning "Larsen & Toubro" kompaniyasi tomonidan boshlangan boʻlib, umumiy qurilish qiymati 2700 kror (422 million AQSh dollar) tashkil qilgan[3]. U hind haykaltaroshi Ram V. Sutar tomonidan dizaynlashtirilgan va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi orqali 2018-yil 31-oktabrda Patel tavalludining 143 yilligi munosabati bilan ochilgan[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narendra Modi loyihani 2013-yil 7-oktabrda Gujarat bosh vaziri sifatida oʻninchi yilini nishonlash uchun eʼlon qilgan[5]. Loyihani amalga oshirish uchun Gujarat bosh vaziri raisligida „Sardor Vallabhbhai Patel Rashtriya Ekta Trust“ (SVPRET) nomli jamiyat tuzilgan[5][6].

„Bidamlik hayakali harakati“ 2013-yilda haykal qurilishida unga kerakli boʻlgan temirni yigʻish uchun boshlangan[5][7]. 2016-yilga kelib, jami 135 metrik tonna temir qoldiqlari yigʻilgan va uning taxminan 109 tonnasi qayta ishlashdan soʻng haykalning poydevorini qurish uchun sarflangan[8]. Loyihani qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2013-yil 15-dekabr kuni Surat va Vadodara shaharlarida „Run For Unity“ nomli marafon boʻlib oʻtgan[9].

Dizayni va barpo qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vallabhbhai Patel Hindiston mustaqillik harakatining eng koʻzga koʻringan rahbarlaridan biri boʻlib, Hindistonning zamonaviy siyosiy chegarasini shakllantirish uchun 562 knyazlik shtatlarini birlashtirishga mas’ul shaxs edi[10].

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birdamlik haykali Ahmadobod xalqaro aeroportidagi rasmdagi haykalning kattalashtirilgan koʻrinishidir

Patel butun mamlakat boʻylab haykallarini oʻrgangach, tarixchilar, rassomlar va akademiklar jamoasi hind haykaltaroshi Ram V. Sutar tomonidan taqdim etilgan dizaynni tanladilar. Birdamlik haykali Ahmadobod xalqaro aeroportida oʻrnatilgan rahbar haykalining kattaroq versiyasidir. Dizayn haqida fikr bildirar ekan, Ram Sutarning oʻgʻli Anil Sutar shunday deydi: „Yuz ifodasi va qaddining tik turishi uning shaxsiyatida namoyon boʻladigan qadr-qimmat, ishonch, temir iroda hamda mehrni ifodalaydi. Koʻtarilgan boshi, yelkasiga tashlangan mato va qoʻllarining ikki yon tomonidaligi goʻyo u yurishga tayyor ekanligini bildiradi“. Dizaynning dastlab 0.91 m, 5.5 m va 9.1 m oʻlchamlari yaratilgan. Eng yirik modelning loyihasi tasdiqlangandan soʻng, Xitoydagi quyish zavodida haykalning bronza qoplamasi uchun asos boʻlgan batafsil 3D-skaneri ishlab chiqarilgan.

Patelning dhoti bilan yopilgan oyoqlari va poyafzali uchun sandallardan foydalanish dizayni yuqori qismidan koʻra pastki qismini nozikroq qilib, uning barqarorligiga taʼsir qilgan. Bu boshqa baland binolarning odatiy boʻlgan 8:14 nisbatidek emas, balki 16:19 noziklik nisbatini saqlash orqali hal qilingan. Haykal 180 kilometr/soat shamolga va 10 km chuqurlikdagi Richter shkalasi boʻyicha 6,5 balli zilzilalarga bardosh beradigan darajadagi pishiqlikda qurilgan[11]. Haykalga maksimal chidamlilikni taʼminlash uchun 250 tonnalik ikkita sozlangan massa amortizatoridan foydalanilgan.[12]

Strukturaning umumiy balandligi 240 metrga teng; asosi 58 metr haykalning oʻlchami esa 182 metr.[11] 182 metr balandlik Gujarat Qonunchilik Assambleyasidagi oʻrinlar soniga mos kelish uchun maxsus tanlangan[5].

Moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birdamlik haykali davlat-xususiy sheriklik modeli asosida qurilgan boʻlib, pulning katta qismi Gujarat hukumati tomonidan ajratilgan. Gujarat shtati hukumati loyiha uchun 2012-yildan 2015-yilgacha boʻlgan byudjetidan 500₹ kror (hozirgi kunda 80 million dollarga teng) ajratgan.[13] 2014-2015-yilgi Ittifoq byudjetidan haykalni qurish uchun 200₹ kror ajratilgan.[14][15][16] Mablagʻlar, shuningdek, Hindiston Korporativ ijtimoiy mas’uliyat sxemasi boʻyicha davlat sektori korxonalari tomonidan kiritilgan.[17]

Barpo qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birdamlik Haykali qurilmoqda, 2016-yil avgust
Haykal qurilish jarayonida, 2018-yil yanvar
Chapdan oʻngga: Birdamlik haykali , Bahor ibodatxonasi Buddasi, Ozodlik haykali, Ona-Vatan, Haloskor Masih haykali, Mikelanjeloning " David " haykali.

Loyihani „Turner Construction“, „Michael Graves and Associates“ va „Meinhardt Group“ kompaniyalaridan iborat uyushma nazorat qilgan. Loyiha yakunlanishi uchun 57 oy ketgan — 15 oy rejalashtirish uchun , 40 oy qurilish uchun hamda uyushmalar tomonidan topshirish uchun 2 oy[18]. Loyihaning hukumat tomonidan umumiy qiymati taxminan 2 063₹ kror (hozirda 350 million AQSh dollar) deb baholangan[19]. Birinchi bosqich boʻyicha tender takliflari 2013-yil oktabr oyida taklif qilingan va 2013-yil noyabr oyida yopilgan[20].

Gujarat bosh vaziri boʻlib ishlagan Narendra Modi 2013-yil 31-oktabrda Patel tavalludining 138 yilligi munosabati bilan haykalga tamal toshini qoʻygan[21][22].

Hindistonning "Larsen & Toubro" infratuzilma kompaniyasi 2014-yil 27-oktabrda oʻzining eng past narxi (2,989₹ kror) boʻyicha haykalni loyihalash, qurish va taʼmirlash uchun shartnomani qoʻlga kiritgan[23][24]. „L&T“ qurilishni 2014-yil 31-oktabrda boshlagan. Loyihaning birinchi bosqichida asosiy haykal uchun 1,347₹ kror ajratilgan, koʻrgazma zali va anjumanlar markazi uchun 235₹ kror, yodgorlikni asosiy hudud bilan bogʻlaydigan koʻprik uchun 83₹ kror va loyihani qurib boʻlgandan keyin 15 yil davomida uni saqlash uchun 657₹ kror ajratilgan[23][24]. Haykalning poydevorini qoʻyish uchun Sadhu Bet tepaligi 70 metrdan 55 metrgacha tekislangan.

„L&T“ kompaniyasi haykalni qurishda 3000dan ortiq quruvchi va 250 ta muhandisni yollagan. Haykalning oʻzagi uchun 210 000 kub metr (7 400 000 kub fut) tsement va beton, 6 500 tonna konstruktiv poʻlat va 18 500 tonna temir poʻlat ishlatilgan. Tashqi jabha 1700 tonna bronza plitalar va 1850 tonna bronza qoplamadan iborat boʻlib, ular oʻz navbatida 565 ta makro va 6000 mikro panellardan iborat. Bronza panellari Xitoyning „Jiangxi Tongqing Metal Handicrafts Co. Ltd“ zavodida quyilgan, chunki Hindistonda bronza quyish uchun yetarlicha katta inshootlar mavjud emas edi.[25][26] Bronza panellari dengiz orqali kemalarda, yuk mashinalarida ular yigʻilgan qurilish maydonchasi yaqinidagi ustaxonaga olib borilgan.

Tadvi qabilasiga mansub mahalliy odamlar haykal atrofida turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun yer olinishiga qarshi chiqqan[27]. Haykal ochilishi oldidan 300ga yaqin faol hibsga olingan[28]. Kevadiya, Kothi, Vagodiya, Limbdi, Navagam va Gora qishloqlari aholisi toʻgʻon qurish uchun avvalroq olingan 927 gektardan ortiq yer huquqlarini tiklashni talab qilib, haykal qurilishiga qarshi turishgan. Ular, shuningdek, Kevadia hududini rivojlantirish boshqarmasi (inglizcha: Kevadia Area Development Authority (KADA)) tashkil etilishiga va Garudeshvar suv yoʻli loyihasining qurilishiga qarshi chiqdilar. Gujarat hukumati ularning aksariyat talablarini qabul qilgan[29].

Yodgorlik qurilishi 2018-yil oktabr oyi oʻrtalarida yakunlandi. Haykalning chilish marosimi 2018-yil 31-oktabrda boʻlib oʻtdi (Vallabhai Patelning tavalludining 143 yilligida) va unga Bosh vazir Narendra Modi raislik qildi[30][31]. Haykal hind muhandislik mahoratiga berilgan hurmat sifatida tasvirlangan[32].

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birdamlik haykali dunyodagi eng baland haykal boʻlib uning balandligi oldingi rekordchi, Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Chjunyuan Budda haykalidan yuqori.[33] Hindistondagi avvalgi eng baland haykal Andxra-Pradesh shtatidagi balandligi 41 metr boʻlgan Lord Hanumanning haykali edi.


Haykal beshta hududga boʻlingan, ulardan faqat uchtasi jamoatchilik kirishi uchun ochiq. Uning poydevoridan Patelning oyoqlarigacha boʻlgan birinchi hudud uchta qismdan iborat boʻlib, koʻrgazma maydoni, mezzanina va tomni oʻz ichiga oladi. Birinchi hududda yodgorlik bogʻi bilan birgalikda muzey ham mavjud. Ikkinchi hudud Patelning sonlarigacha boʻlgan, uchinchisi esa 153 metr balandlikdagi tomosha galereyasigacha choʻzilgan. Toʻrtinchi hudud — texnik xizmat koʻrsatish maydoni, oxirgisi esa haykalning boshi va yelkalarini oʻz ichiga oladi.[34].

Birinchi zonadagi muzey Sardor Patelning hayoti va uning hissalarini jamlaydi. Qoʻshni audio-vizual galereya Patel haqida 15 daqiqalik taqdimotni taqdim etadi va shuningdek, davlatning qabilaviy madaniyatini tasvirlaydi. Haykalning oyoqlarini tashkil etuvchi beton minoralarning har birida ikkita lift mavjud. Har bir lift bir vaqtning oʻzida 26 kishini tomosha galereyasiga 30 soniyadan koʻproq vaqt ichida olib chiqishi mumkin. Galereya 153 metr balandlikda boʻlib, 200 nafar odamni oʻz ichiga sigʻdirishi mumkin[35][36].

Turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 1-noyabrda yodgorlik omma uchun ochilganidan keyin 11 kun ichida haykalga 128 000dan ortiq sayyoh tashrif buyurgan[37]. 2019-yil noyabr oyida Birdamlik haykaliga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni kunlik oʻrtacha 15 036 kishiga yetgan va Ozodlik haykaliga tashrif buyurganlar sonidan oshib ketgan (haykal har kuni oʻrtacha 10 000 ga yaqin tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi)[38]. U Shanxay hamkorlik tashkilotining „ShHTning 8 moʻjizasi“ roʻyxatiga kiritilgan[39]. Faoliyatining birinchi yilida Birdamlik haykali 2 900 000 ziyoratchini jalb qilgan va chiptalardan 82₹ kror (11.64 million AQSh dollar) daromad qilgan[40]. 2021-yil 15-mart holatiga koʻra, sayyohlar soni 5,000,000 taga yetgan.[41].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sardar Vallabhbhai Patel Statue: Statue of Unity location, height, cost, other facts“ (en). The Indian Express (2-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 21-iyul 2020-yil.
  2. „Gujarat“. The Times of India (31-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2018-yil.
  3. „Statue of Unity: World's tallest statue constructed in record 33 months“. The Economic Times (31-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 26-yanvar 2020-yil.
  4. „PM Unveils Sardar Patel's 2,900-Crore Statue of Unity Today: 10 Facts“. MSN. 31-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „For iron to build Sardar Patel statue, Modi goes to farmers“. The Indian Express (8-iyul 2013-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2013-yil.
  6. „Statue of Unity“. statueofunity.in. 25-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyun 2019-yil.
  7. „Pan-India panel for Modi's unity show in iron“. The New Indian Express. 18-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-noyabr 2013-yil.
  8. Raja, Aditi. „Iron Man 2.0“ (en-US). The Indian Express (23-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 16-noyabr 2018-yil.
  9. „Large number of people run for unity“. The Times of India. Qaraldi: 21-dekabr 2013-yil.
  10. Menon, V.P.. Integration of the Indian States. Bangalore: Orient Blackswan, 15-sentabr 1955-yil. ISBN 8125054510. 
  11. 11,0 11,1 „Gujarat: Sardar Patel statue to be twice the size of Statue of Liberty“. CNN-IBN (30-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2013-yil.
  12. Sardar Patel | L&T“ (23-mart 2019-yil). — „To arrest any sway of such a tall structure, two Tuned Mass Dampers of 250 tonnes each have been used.“. 23-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  13. „L&T to build Statue of Unity, Centre grants Rs 200 crore“. The Indian Express (11-iyul 2014-yil). 15-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-avgust 2014-yil.
  14. „Statue of Unity gets ₹200 crore.“. The Hindu (10-iyul 2014-yil). Qaraldi: 11-iyul 2014-yil.
  15. „India's new budget includes $33 million to build the world's tallest statue.“. The Washington Post (10-iyul 2014-yil). Qaraldi: 11-iyul 2014-yil.
  16. „India's Modi budgets $33 million to help build world's tallest statue“. Reuters (10-iyul 2014-yil). Qaraldi: 13-iyul 2014-yil.
  17. "Fact Check: Who funded the tallest statue of the world?", India Today, 9 November 2018, https://www.indiatoday.in/amp/fact-check/story/fact-check-statue-of-unity-funding-1384904-2018-11-09 
  18. „Burj Khalifa consultant firm gets Statue of Unity contract“. The Times of India. TNN (22-avgust 2012-yil). Qaraldi: 28-mart 2013-yil.
  19. „Gujarat's Statue of Unity to cost Rs 25 billion“. Daily News and Analysis (8-iyun 2012-yil). Qaraldi: 28-mart 2013-yil.
  20. „First phase of 'Statue of Unity' to cost Rs 2,063 cr“. Business Standard (28-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2013-yil.
  21. „India's Narendra Modi lays foundation stone for 'world's tallest statue'“. BBC News (31-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2018-yil.
  22. „Ground gets set for Statue of Unity“. The Indian Express (11-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2013-yil.
  23. 23,0 23,1 „L&T to build Statue of Unity, Centre grants Rs 200 crores“. The Indian Express (11-iyul 2014-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2014-yil.
  24. 24,0 24,1 „Gujarat govt issues Rs 2,97-cr work order to L&T for Statue of Unity“. Business Standard (28-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2014-yil.
  25. „Sardar Patel's Statue of Unity inauguration today: World's tallest statue is an engineering marvel“. Live Mint (31-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  26. „Statue of Unity to be unveiled in Gujarat on Wednesday“. The Economic Times. Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  27. „Indian farmers fume at 430m dollars cost of Gujarat statue“. BBC News (28-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2018-yil.
  28. „'Statue of Unity tourism zone will displace us from our lands': Why Adivasis protested Modi event“. Scroll.in (1-noyabr 2018-yil).
  29. „Statue of Unity: Govt bows to villagers' demands“. The Times of India. TNN (28-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2013-yil.
  30. „Statue of Unity ready for inauguration on October 31: 10 interesting facts about world's tallest statue“. The Financial Express (13-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2018-yil.
  31. „PM Modi to unveil Statue of Unity on Oct 31: Rupani“. The Times of India. 1-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  32. „Statue of Unity is also a tribute to Indian engineering skills“. Business Standard. Press Trust of India (28-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  33. Doshi, Vidhi. „Four times as tall as the Statue of Liberty: India's new monument to its 'Iron Man'“ (en). Washington Post (29-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2018-yil.
  34. „Statue of Unity: Salient features of the world's 'tallest statue'“ (en-IN). The Hindu (31-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 9-noyabr 2018-yil.
  35. „All you need to know about Sardar Patel Statue of Unity dial 9099799555“ (en). India Today (31-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2018-yil.
  36. „Nearby top attraction at Statue of Unity“]. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  37. „In 11 Days, More than 1.28 Lakh Tourists Visit Statue Of Unity“. NDTV.com. Qaraldi: 14-noyabr 2018-yil.
  38. „Statue of Unity gets more visitors daily than Statue of Liberty: SSNNL“ (en). @businessline (5-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2019-yil.
  39. ANI. „Statue of Unity finds place in '8 Wonders of SCO'“. Business Standard =15-yanvar 2020-yil (13-yanvar 2020-yil).
  40. „Gujarat Statue of Unity attracted 2.9 mn tourists, earned400cr in one year“ (en). mint (10-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2020-yil.
  41. „Gujarat: Statue of Unity crosses 50 lakh visitors-mark“. The Economic Times. Qaraldi: 15-mart 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]