Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash — mahkum hukm chiqarilgandan keyin jazoni toʻla oʻtamay turib, yangi jinoyat sodir etganda, sud tomonidan yangi hukm boʻyicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan oʻtalmay qolgan jazo muddatini tola yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan yakuniy jazo tayinlash. Shaxs tomonidan jazo oʻtash vaqtida yangi jinoyat sodir etilishi uning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriligini anglatadi. Bundan tashqari, ushbu holat avvalgi davlat majburlov chorasi jinoiy jazo maqsadlarini bajarishga erishilmaganligidan darak beradi. Ushbu shaxsga boshqa taʼsirchan choralar koʻrish taqazo etiladi. Hukmlar jami boʻyicha jazo tayinlash, faqat shaxs tomonidan yangi jinoyat, hukm chiqarilgandan to jazo toʻla oʻtalganga qadar sodir etilgan boʻlsa, qoʻllaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi