Binokor (futbol klubi, Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sovet IttifoqiBinokor
Toʻliq nomi „Binokor“ futbol klubi (Buxoro)
Asos solingan 1987-yil
Stadion „Quruvchi“
Musobaqasi Ikkinchi liga, 9-respublika hududi
1991-yilda 22-o‘rin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

„Binokor“ — Buxoroning sovet futbol klubi. 1987-yilda murabbiy Rahmatov Hamid Rajabovich tomonidan asos solingan[1].

Ilgari Buxoro uy qurilishi kombinatining futbol klubi „Quruvchi“ nomi bilan atalgan. Jamoa 1973-yilda Buxoro viloyati chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston SSR chempionatida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan[2].

„Binokor“ klubi 1987-yilda Buxoro uy qurilishi kombinati (DSK) qoshida tashkil etilgan[1]. Turli darajadagi shahar va viloyat chempionatlarida g‘olib chiqqan ushbu klub O‘zbekiston SSR chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

1988-yilning birinchi mavsumida jamoa chempionatda 10-o‘rinni egallaydi va bu ko‘rsatkich 1980-yilda „Buxoro“ ikkinchi ligadan tushib ketganidan keyingi eng yaxshi natija sifatida buxorolik futbolchilarning esida qoladi[3]. Keyingi yil, yaʼni 1989-yilda jamoa uzoq vaqt birinchi o‘rinni saqlab turadi, ammo yakunda atigi 5-o‘rinni qayt etadi[4]. 1990-yilgi chempionat boshqa sxema bo‘yicha o‘tkazilganligi sabab kichik guruhda g‘alaba qozongan „Binokor“ finalda 3-o‘rinni egallab, ikkinchi liganing 9-respublika hududiga kiradi[5].

1991-yilgi ikkinchi liga turnirida „Binokor“ yaxshi natija ko‘rsata olmaydi, yaʼni umumiy hisobda jami gollar soni 34 ta va 26 ishtirokchi bilan 22-o‘rinni egallagan[6].

Keyinchalik „Binokor“ O‘zbekiston chempionatida mustaqil ishtirok etmagan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SSSR ikkinchi ligasida — 22-o‘rin (1991-yilda ikkinchi liganing 9-respublika hududiy turnirida).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 «Бинокор» г. Бухара // Бухарский «Бинокор» — дебютант 54 чемпионата СССР по футболу среди команд 2 лиги 9 зоны. Футбол. Программа / составитель Ю. Петренко. — Бухара, 1991. — С. 1.
  2. 1973 год // «Зарафшану»—25 лет. Справочник-календарь для любителей футбола / составители: Навоийский клуб любителей футбола. — Навои: Навоийская областная федерация футбола, 1987. — С. 25—26.
  3. Летопись Бухарского футбола // «Нурафшон» Бухара. 46-й чемпионат Узбекистана. — Бухара: Кооператив «Плакат» при Бухарском областном правлении Союза журналистов Узбекистана, 1989. — С. 5.
  4. 1989 год // Бухарский «Бинокор» — дебютант 54 чемпионата СССР по футболу среди команд 2 лиги 9 зоны. Футбол. Программа / составитель Ю. Петренко. — Бухара, 1991. — С. 2—3.
  5. 1990 год // Бухарский «Бинокор» — дебютант 54 чемпионата СССР по футболу среди команд 2 лиги 9 зоны. Футбол. Программа / составитель Ю. Петренко. — Бухара, 1991. — С. 3—4.
  6. Чемпионат СССР 1991, вторая низшая лига, 9-я зона, Бинокор (Бухара), Все матчи — WildStat.ru

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]