Kontent qismiga oʻtish

Bilol ibn al-Horis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bilol ibn al-Horis (arabcha: بلال بن الحارث‎) — sahoba. Toʻliq ismi Bilol ibn al-Horis ibn Osim ibn Said ibn Qurra ibn Xaloda ibn Saʼlaba Abu Abdurahmon al-Mozaniy edi.

Al-Horis 627-yilda Muzayna qabilasining elchilari bilan birga Muhammadning huzuriga kelgan va 630-yilda musulmonlar Makkani fath qilgan kuni Muzayna bayrogʻini koʻtargan. Ibn al-Horis haqida hadislar toʻplamlaridan biri boʻlgan „Sunani Abu Dovud“ ning 19-kitobida rivoyat keltirilgan:

[Muhammad] Bilol ibn Horis al-Muzoniyga al-Qabaliya konlarini yuqori va quyi qismlarini ham suyurgʻol sifatida berdi. Roviy Ibn an-Nadr qoʻshimcha qildi: „shuningdek, Jars va Zot an-Nusub ham“. Kelishilgan rivoyatda shunday deyiladi: „va Quddusda dehqonchilik qilishga yaroqli yerlarni ham“. [Muhammad] Bilol ibn al-Horisga biror musulmonning haqqini bermadi. U Bilol ibn al-Horisga quyidagi hujjatni yozib berdi:

„Bu [Muhammad]ning Bilol ibn Horis al-Muzoniyga bergan narsalaridir. U unga al-Qabaliya konlarini, ularning yuqori va quyi qismlarini ham, shuningdek Quddusda dehqonchilik qilishga yaroqli yerlarni ham berdi. U unga biror musulmonning haqqini bermadi“[1][2].

Keyinchalik Basrada (hozirgi Iroq) yashab, 682-yilda xalifa Muoviya I hukmronligining oxirgi kunlarida vafot etgan[3].

  1. The narrator Abu Uways said: A similar tradition has been transmitted to me by Thawr ibn Zayd from Ikrimah on the authority of Abdullah ibn Abbas from [Muhammad]. Ibn an-Nadr added: Ubayy ibn Kab wrote it.
  2. Kitab al-Kharaj, Wal-Fai' wal-Imarah (Tribute, Spoils, and Rulership), Sunan Abu-Dawud, Book 19
  3. Asad al-Ghabah fi Maʼrifah as-Sahabah by 'Izz ad-Din ibn Muhammad, better known as Ibn al-Athir al-Jazari