Kontent qismiga oʻtish

Bill Gates

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bill Geytsdan yoʻnaltirildi)
Bill Gates

Gates 2017-yilda
Tavalludi
William Henry Gates III

28-oktyabr 1955-yil (1955-10-28) (68 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Harvard universiteti (tashlab ketgan)
Kasbi
  • Dasturchi
  • investor
  • ishbilarmon
Faoliyat yillari 1972 – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Melinda French Gates
(turm. 1994; ajr. 2021)
[1]
Bolalari 3
Otasi Bill Gates Sr.
Onasi Mary Maxwell
Veb-sayti gatesnotes.com
Imzosi

William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoftga asos solgan[2][3]. U Forbes jurnalining dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan[4] Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud.[5]. Gates, shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.

Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan[6]. Shu bilan birgalikda Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan[7][8].

Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoftʼdagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.

Turmush oʻrtogʻi Melinda Gatesga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil tugʻilgan) va Phoebe Adele (2002-yil tugʻilgan) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil tugʻilgan). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi[9][10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Greene, Jay. „Bill and Melinda Gates, who run one of the world's largest philanthropies, plan to divorce after 27 years“. The Washington Post (3-may). 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may.
  2. Manes 1994, s. 11.
  3. „Bill Gates (American computer programmer, businessman, and philanthropist)“. 2013-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-mart.
  4. Wahba, Phil. „Bill Gates tops U.S. wealth list 15 years in a row“. Reuters (17-sentabr 2008-yil). 2012-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2008-yil.
  5. arxiv nusxasi, 2011-10-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26
  6. Manes, Stephen (1994). Gates: How Microsoftʼs Mogul Reinvented an Industry and Made Himself The Richest Man in America. Touchstone Pictures. ISBN 0-671-88074-8.
  7. „http://www.gatesfoundation.org/Pages/home.aspx“. 2012-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-dekabr. (WebCite saytida 2010-10-26 sanasida arxivlangan)
  8. Bill Gates Money How Much of it Does He Give Away?, 2012-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26
  9. „Bill Gates“. Nndb.com. 2012-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2011-yil.
  10. „Warren Buffett "Agnostic," Bill Gates Rejects Sermon On The Mount, Not "Huge Believer" In "Specific Elements" Of Christianity“. Archive.theamericanview.com (13-yanvar 1996-yil). 2012-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-11-10 sanasida arxivlangan)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]