Bilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bilik — 1) qad. turkiy qavmlarda ilm, bilish, hikmatli soʻz, dono maslahat maʼnosini anglatuvchi soʻz. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk", Yusuf Xos Hojibning "Kutadgʻu bilig" asarlarida koʻp qoʻllanilgan. 2) Chingizxon hayot chogʻida aytgan va yozib qoldirilgan hikmatli soʻzlar majmui. B. moʻgʻul xonlari oʻrtasida zoʻr eʼtiborga ega boʻlgan va dare sifatida oʻqitilgan. Xitoyda bir vaqtlar daʼvogarlardan kimni taxtga oʻtqazish masalasi oʻrtaga qoʻyilganda, B.ni qay darajada bilishini sinab koʻrish lozim topilgan va B.ni yaxshi bilganlardan biri taxtga oʻtqazilgan. Chingizxon B.laridan ayrimlari Rashiduddinning "Jome attavorix" kitobining ilovasida keltirilgan. B.ning bizgacha yetib kelgan dastlabki yigʻindisi — "Mongol unNiucha tobchon" ("Moʻgʻullarning sirli tarixi") 1240-yilda tuzilgan boʻlib, mulk, oilanikoh, jinoyat va jazo, maʼmuriy hamda boshqa huquqiy meʼyorlarni oʻz ichiga olgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil