Bhumika Chawla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bhumika Chawla
Bhumika Chawla at ‘M.S. Dhoni – The Untold Story’ media meet.jpg
Tavalludi
Rachna Chawla

21-avgust 1978-yil (1978-08-21) (44 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa, model
Turmush oʻrtogʻi
Bharath Thakur (turm. 2007)
Faoliyat yillari 2000-hozirgacha
Bolalari 1 nafar

Bhumika Chawla (tugʻilgan paytidagi ismi Rachna Chawla; 1978-yil 21-avgust) hind aktrisasi va sobiq model, asosan telugu, hind va tamil tilidagi filmlarda suratga tushgan va ular orqali mashhurlikka erishgn.[1] U telugu tilidagi „Yuvakudu“ (2000) filmida debyut qilgan. Uning eʼtiborga molik ijrolari aks etgan filmlar qatoriga „Kushi“ (2001), „Okkadu“ (2003), „Tere Naam“ (2003), „Missamma“ (2003), „Sillunu Oru Kaadhal“ (2006), „Gandi“ (2007), „Anasuya“ (2007), „Buddy“ (2013), „MS Dhoni: Untold Story“ (2016), „MCA“ (2017) va „U Turn“ (2018) kabi filmlardagi chiqishlari kiradi. U ikkita Nandi mukofoti,[2] bitta Filmfare mukofoti va[3] bitta SIIMA mukofotiga sazovor boʻlgan.[4][5]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chavla Hindistonning Nyu-Dehli shahrida panjob oilasida tug‘ilgan va maktabni shu yerda tamomlagan. Uning otasi nafaqadagi armiya zobiti. Bhumikaning ikkita ukasi, akasi va opasi bor.

U 1997-yilda Mumbayga koʻchib oʻtadi va oʻz faoliyatini reklama filmlari va hind klip albomlari bilan boshlaydi. U „Zee“ kanali teleserialida „Hip Hip Hurray va Star Best Sellers — Fursat Mein“da namoyon boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chavla oʻzining kino karyerasini telugu kino sanoatida boshlaydi, aktyor Sumanth bilan birga „Yuvakudu“ (2000) badiiy filmida rol oʻynadi. Uning Pavan Kalyan bilan rol ijro etgan ikkinchi chiqishi „Kushi“ (2001) kassada muvaffaqiyat qozonadi va u „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Filmfare — Telugu mukofotini qoʻlga kiritadi, shundan soʻng u telugu tilida bir nechta filmlarda, shu jumladan Mahesh Babuga va Jr. NTR bilan „Okkadu“ (2003) filmida va rol oʻynaydi. Bu Teluguda yilning eng yuqori daromad keltiruvchi filmlarga aylanadi.[6] Shu bilan birga, u Tamil kino sanoatida oʻzining debyutini amalga oshiradi, „Badri“ (2001) filmida aktyor Vijayga bilan rol ijro etadi, undan keyin uning ikkinchi tamil filmi „Roja Kootam“ (2002)da suratga tushadi. Uning „Missamma“ (2003) filmidagi saraton kasalligiga chalingan tadbirkor ayol sifatida chiqishi olqishlarga sazovor boʻladi. U Filmfare — Telugu mukofotida „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻladi va „Eng yaxshi aktrisa“ sifatida Nandi mukofotiga sazovor boʻladi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chawla oʻzining uzoq yillik sevgilisi va yoga oʻqituvchisi Bharat Thakurga 2007-yil 21-oktyabrda Devlali, Nashik shahrida Gurdvarada turmushga chiqqan.[7] U Thakurning kurslariga muntazam borgan va unga turmushga chiqishdan oldin u bilan toʻrt yil uchrashib yurganligi aytiladi.[8] Er-xotinning 2014-yil fevral oyida dunyoga kelgan o‘g‘li bor.[9][10]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Til Eslatma
2000 Yuvakudu Sindhu Telugu Telugu film
2001 Badri Janaki (Jaanu) Tamil
Kushi Madhumitha / Khushi Telugu
Snehamante Idera Yuvrani Padmini Telugu
2002 Roja Kootam Mano Tamil
Vasu Divya Telugu
2003 Okkadu Swapna Reddy Telugu
Missamma Meghana Telugu
Simhadri Indu Telugu
Tere Naam Nirjara Bharadwaj Hind
2004 Run Jhanvi Choudhry Hind
Samba Nandu Telugu
Naa Autograph Divya Telugu
Dil Ne Jise Apna Kahaa Dhani Hindi
2005 Silsiilay Zia Rao Hindi
Dil Jo Bhi Kahey… Dr. Gayarti Pandey Hindi
Jai Chiranjeeva Neelima Telugu
2006 Sillunu Oru Kaadhal Ishwarya Tamil
Family Dr. Kavita Hind
Mayabazaar Anupama Telugu
2007 Gandhi, My Father Gulab Gandhi Hind
Sathyabhama Sathyabhama Telugu
Gangotri Gangotri Bhojpuri
Anasuya Anasuya Telugu
2008 Swagatam Vidhya KK Telugu
Mallepuvvu Malleshwari „Malli“ Kanneganti Telugu
Yaariyan Simran Punjabi
2009 Bhramaram Jaya Malayalam
Naa Style Veru Parvati Telugu
Amaravathi Amaravathi Telugu
2010 Yagam Nandini Telugu
Thakita Thakita Vishali Telugu
Collector Gari Bharya Indira Gautam Telugu
2012 Godfather Oʻzi Kannada
2013 Buddy Padma Malayalam
Chithirayil Nilachoru Mentally challenged person Tamil
2014 Laddu Babu Madhuri Telugu
April Fool Swapna Telugu
2015 Luv U Alia Bhoomi Kannada
2016 M.S. Dhoni: The Untold Story Jayanti Gupta Hind
2017 Middle Class Abbayi Jyothi Telugu
Kalavaadiya Pozhuthugal Jayanthi Tamil
2018 U Turn Maya Tamil

Telugu
Savyasachi Siri Telugu
2019 Khamoshi Mrs. Desai Hind
Kolaiyuthir Kaalam Mrs. Anand Tamil
Bhram Ankita Paul Hindi
Ruler Niranjana Prasad Telugu
2021 Idhe Maa Katha Lakshmi Telugu
Paagal Prem’s deceased mother Telugu
Seetimaarr Bhumi Telugu
2022 Operation Romeo Chhaya Hind

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tanmayi, Bhawana. „'Missamma' enjoys her second innings“. Telangana Today (15-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 14-mart 2020-yil.
  2. „Nandi awards 2007 announced - Telugu cinema news“. Idlebrain.com (12-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 16-aprel 2012-yil.
  3. „Nuvvu Nenu wins 4 Filmfare awards“. The Times of India (6-aprel 2002-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2009-yil.
  4. „PIX: Shriya, Hansika shine at the SIIMA awards“ (en). Rediff. Qaraldi: 13-oktabr 2020-yil.
  5. „SIIMA 2018 Winners List For Telugu Movies“ (en). Sakshi Post (16-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2020-yil.
  6. „Telugu mid-year report“. The Hindu (24-iyul 2003-yil). Qaraldi: 3-aprel 2022-yil.
  7. „Bhumika Chawla weds yoga guru Bharat“. Screenindia.com. 24-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2007-yil.
  8. „Bhumika weds Bharath on Oct 25th“. Oneindia. 8-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-avgust 2009-yil.
  9. „Bhumika delivered a baby boy - Bhumika Chawla- Laddu Babu- Allari Naresh- Ravi Babu- Misama- Khushi - Cinemalead.com -“. 3-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2014-yil.
  10. iQlik Movies. „Actress Bhumika Chawla blessed with a baby boy“. iQlikmovies.