Betson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Betson, Beytson (Bateson) Uilyam (1861.8.8, Uitbi1926.8.2, Merton) — ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. "Genetika" atamasini ham B. taklif etgan (1907). Kembrij universiteti prof. (1908—10). Ilmiy ishlari chogʻishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. "Borliq — yoʻqlik" nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qoʻyadigan omillar yoʻqolishi bilan yangi belgilar paydo boʻlishini tushuntirib berishga harakat qilgan. 1910 yilda Angliya genetik jur.ni tashkil etgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil