Betanurlar detektori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Betanurlar detektori — yadro nurlanishini qayd qiluvchi asbob. Betanurlar detektori d. sifatida, asosan, Geyger—Myuller gaz hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz hisoblagichida betanurlanishning ayrim zarralarini qayd qilish mumkin. Gaz hisoblagichining ishlash tarzi unda betanurlanishning har bir zarrasi hosil qilgan ionlashish tokini kuchaytirishga asoslangan. Gaz hisoblagichi ichiga ingichka metall sim tortilgan metall yoki shisha silindrdan iborat (rasm). Silindr gazlar aralashmasi bilan toʻldiriladi. Shisha silindrning yupqa metall qatlami bilan qoplangan ichki sirti yuqori kuchlanishli batareyaning manfiy qutbiga ulanadi. Ikkinchi elektrod batareyaning musbat kugbiga R qarshilik orqali ulanadi. Betanurlanish zarralari gaz hisoblagichidan oʻtganda gaz ionlashadi, natijada elektrodlar orasida razryad paydo boʻladi. Zanjirdan tok oka boshlaydi, hisoblagichda kuchlanish pasayadi, razryad soʻnadi. Shunday qilib, har bir zarra hisoblagichda qisqa muddatli tok impulsini hosil qiladi. Bu tok impulsi elektron qurilmalarda kuchaytirilgach, odatdagi elektromexanik hisobchi (numerator) yoki mikroampermetr milini harakatga keltiradi.

Soʻnggi paytlarda lyuminessensiyaga asoslangan dstektorlar ham ishlatilmoqda. Lyuminessensiyalanish krbiliyatiga ega boʻlgan (antratsen, stilben, tefenil, yodli natriy va boshqalar) muhitdan zarra oʻtganda qisqa muddatli kucheiz yorugʻlik nuri paydo boʻladi. Bu yorugʻlik nuri ssintillyatsion hisoblagichda qayd qilinadi. Keyingi vaqtlarda Betanurlar detektori d. sifatida germaniy, germaniylitiy kabi yarimoʻtkazgichlarning baʼzi radiatsion xususiyatlaridan ham foydalanilmoqda.

Ad:. Muxin K. N.. Eksperimentalnaya yadernaya fizika, M., 1974; Bekjonov R. B., Modda tuzilishi, T., 1997.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil