Beshbaliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Beshbalig‘dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Beshbaliq, Beshbaligʻ (turkiycha Beshshahar; xitoycha Beytin (Shimoliy shahar)) —Sharqiy Turkistondagi qad. shaharlardan (mil. 114-asr 1-yarmi). Xitoydagi Szimus shahridan taxminan 10 km shim. dagi Xuputszi qishlogʻi yaqinida harobalari saqlangan.

Xitoy manbalariga koʻra shahar qad. zamonlarda (mil. 25220 y.lardagi Kichik Xan sulolasi hukmronligi davrida) mahalliy hokim qarorgohi — KaganStupa boʻlib, 7-asrga kelib Szinman va Beytin deb nomlangan; 658 y.dan Beytin Xitoyning mudofaa markazi boʻlib, uni boshqarish xitoy noiblari, baʼzan turkiy xonlarga topshirilgan. 714 y. xitoylikkuGʻyavol Mochjo xoqon oʻgʻli boshchiligidagi turkiy qabilalarning hujumini qaytargan; lekin, shu asrning oxiriga borib turkiylar va tibetliklar B.da xitoy hukmronligiga chsk qoʻyganlar. B. uygʻurlar qoʻliga oʻtgan, 791 y. qarluqdar egallagan. Keyinchalik shahar yana uygʻur hokimi qarorgohi sifatida tilga olinib, manbaga koʻra, 982 y. Sun sulolasi elchisi Ban Yande B. saroyida qabul qilingan. Elchining maʼlumotnomasiga koʻra, B.da budda ibodatxonasi (637 y. qurilgan) boʻlgan, aholi bogʻdorchilik, miskarlik, zargarlik bilan shugʻullangan. "Hududulolam"aa B. Panjikat ("Besh shahar") deb qayd etilib, toʻqqiz oʻgʻuzlar qabila boshliqlarining yozgi qarorgogʻi sifatida tavsif berilgan. B. viloyati 13-asr boshida moʻgʻul istilochilari yoʻlida uchragan eng dastlabki madaniy oʻchoqlardan biri boʻlgan. Bu paytda u Qoraxoja (hozirgi Turfan yaqinida) bilan birga uygʻur xoqonligi markazi edi. Moʻgʻullar davlati paytida B. gubernatori Masʼud Yalavoch boʻlgan. 1275 y. Chigʻatoy ulusi xonlarining hujumini qaytarishga erishgan, biroq keyinchalik 1331 i.dagi Xitoy haritasiga koʻra, B. va Qoraxoja Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻlgan. Shahar Chigʻatoy ulusidagi oʻzaro ichki urushlar natijasida vayron boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil