Besh torli skripka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Besh torli skripka, kvinton yoki „beshtor“ — qoʻshimcha torli skripka turi boʻlib, odatda skripka diapazonidan pastroq holatda sozlanadi. Oddiy skripka uchun standart hisoblangan G (sol), D (re), A (lya) va E (mi) torlariga qoʻshimcha ravishda pastki (bass) C (do) torlari qoʻshiladi[1]. (Shuningdek, F (fa) va B ♭ (si bemol) torlari qoʻshilgan olti yoki yetti torli elektron skripka namunalari ham mavjud).

Besh torli skripka improvizatorlar, skripka diapazonini kengaytirish va ikkita cholgʻu asbobi — skripka hamda altni birlashtirmoqchi boʻlgan musiqachilar uchun yechim sifatida yaratilgan. Koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, blugrass uslubida ijod qiluvchi skripkachi amerikalik Bobbi Xiks 1963-yilda shu turdagi blugrass skripkasini ommalashtirishni boshlagan. U birinchi marta Las-Vegasdagi jonli ijro vaqtida asbobning modifikatsiyalangan namunasini namoyish etgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Besh torli skripkaning tarkibiy komponentlari oddiy skripkalarda ham mavjud boʻlgan qismlarga juda oʻxshash. Torlar Amerika notalar tizimiga koʻra odatdagi balandliklarga: C3, G3, D4, A4 va E5, yaʼni: kichik oktavada Do, kichik oktavada Sol, birinchi oktavada Re, birinchi oktavada Lya va ikkinchi oktavada Mi ga sozlangan. „Beshtor“ ning tanasi va boʻyin shakli oddiy skripkaga juda oʻxshaydi, ammo tanasining pastki qismi Do rezonansini yaratish uchun biroz kengroq va chuqurroq qilib ishlangan. Skripka boʻyni va grifi ham nisbatan kengroq boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, beshta torning barchasiga yetadigan quloqlarni joylashtirish uchun skripkaning bosh qismini ham kattalashtirish kerak boʻlgan. Shunga qaramay, kvinton odatda altdan kichkinaroq koʻrinishda boʻladi.

Foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻnggi paytlarda besh torli skripka improvizatsiya imkoniyatlarining kengayishi, ohanglar diapazonining ortishi va qiziqarli garmonik birikmalar tufayli mashhur asboblardan biriga aylandi. Bugungi kunda u „fiddling“ mamlakatlarida, jumladan Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Kanada va Yevropa kabi skripka anʼanasi rivojlangan koʻplab boshqa davlatlarda, shuningdek, Sving musiqasi va jazzda yoki zamonaviy musiqaning boshqa uslublarida keng tarqalgan. Fank, rok va boshqa uslublarda odatda elektron cholgʻu asboblaridan foydalaniladi. Kvintonchilar ham skripka, ham alt (violonchel) uchun yozilgan asarlarni, shuningdek, ushbu cholgʻu asbobi uchun yaratilgan maxsus asarlarni ijro etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Skripkadan foydalaniladigan anʼanaviy yoʻnalishlarda, masalan, klassik musiqada, besh torli skripka asbobi ovoz sifati tufayli qabul qilinmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Darol Anger. „Five-String Fiddles Are on the Rise“ (deadlink). Strings Magazine. 2013-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-yanvar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]