Beruniy "Hindiston'' asari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahon tarixidagi birinchi hind shunos olim Abu Rayhon Beruniy (973–1048) sulton Mahmud G‘aznaviyning Hindiston yurishida hamroh bo‘ldi. Hind zaminida bir necha yil yashab, sanskrit tilini o‘rgandi. U Hindiston haqida o‘zigacha maʼlum bo‘lgan barcha maʼlumotlarni sinchiklab to‘pladi va “Hindiston” deb nomlagan qomusiy asar yaratdi. Beruniy bu noyob va nodir asarida qadimgi va o‘rta asr hind tarixi, falsafasi, dinlari, astronomiyasi, jo‘g‘rofiyasi, huquqi, urf-odatlari haqida qimmatbaho maʼlumotlarni kelgusi avlodlarga yozib qoldirdi.

Abu Rayhon Beruniyning bu asariga baho bergan hind olimi Hamid Rizo so‘zi bilan aytsak, o‘rta asr va yangi zamon mual liflaridan hech biri hind madaniyatining chigal masalalarini chuqur ilmiy ruhda tushunishda Abu Rayhon Muhammad Beruniy erishgan yutuqlar darajasiga yeta olmadi. Beruniyning “Hindiston” asari muallifning qadimgi hind madaniyati va faniga qilgan tortig‘idan iboratdir.

Kalkutta universiteti professori S.K. CHatterjining fik richa, Beruniy hind mualliflari tiliga xos bo‘lgan xususiyatlarni shunday yaxshi bilganki, hatto bunday kishilarning o‘sha til egasi bo‘lmish hind xalqi ichidan chiqishi ham kamdan-kam uchraydigan hodisa edi. Milodiy 1040 yillarda madaniyat olamida hind va musulmonlarning madaniy merosini har tomonlama chuqur bilgan faqatgina bir kishi bo‘lgan, u ham bo‘lsa Abu Rayhon Beruniy edi.

Olimning fikricha, Beruniy hindshunos olim bo‘lishi bilan birga barcha davr hindshunoslarining ham eng birinchisi sanaladi.

Abu Rayhon Beruniy o‘n uch-o‘n to‘rt yil Hindistonda umr kechirgan. Muallif o‘z asarida hind tafakkurining turli-tuman soha larini qamrab olishga harakat qilgan. Asarda ularning fani, tarixi, diniy kitoblari va eʼtiqodlari, jon, modda, bu dunyo, narigi dunyo haqidagi tushunchalari, hatto hind tili, grammatikasi, yozuvi, folklori, ulardagi yozma yodgorliklar, sheʼriyat, falsafasidagi rang-barang tarmoqlar va boshqa ko‘p masalalar qamrab olingan. Beruniy asarida hindlarning aniq fanlari haqida ham ancha chuqur fikr yuritadi, yer, osmon, umuman, olam tuzilishi haqida ularning tushunchalari bayon etiladi. Asarning bir qancha bobi zamon va vaqt, olamning paydo bo‘ lishi masalasi, kun, oy va yillarning bo‘laklari, ular haqidagi tushun chalarga bag‘ishlangan.

Hindistonning mashhur davlat arbobi Javoharlaʼl Neru Beruniyning bu asarini hurmat-ehtirom bilan tilga oladi.

“Beruniy, – deydi Neru, – yunon falsafasini o‘rganib, hind falsafasini mutolaa qilmoq uchun sanskrit tilini o‘rganadi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biriga solishtirib, bularda mavjud bo‘lgan umumiylikni ko‘rib hayratda qoldi. Beruniyning kitobi daliliy maʼlumotlarni qamrab olish bilan birga, u urush, talon-toroj, ommaviy qirg‘in bo‘lishiga qaramay, fan ahllari o‘z ishlarini davom ettirganini ko‘rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda ham Beruniy begona odam bo‘la turib, bu o‘lka kishilari ahvolini tushuntirishga harakat qildi”.

Zotan, Abu Rayhon Beruniy o‘z davrida ilm olamiga Hindistonni kashf etgan ulug‘ bir kashshof bo‘lgan edi. Hind madaniyati tarixida Beruniydan so‘ng yana bir vatandoshimiz, ulug‘ zot Zahiriddin Muhammad Bobur ham yorqin iz qoldirdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:. 6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١. 7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢. 8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی. 9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥. 12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧. 13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠. 14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. Americaʼs Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. Americaʼs Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm