Berselius Yene Yakob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BERSELIUS (Berselius) Yene Yakob (1779.20.8 Veversunda —1848.7.8, Stokgolm)—shved kimyogari va mineralogi. Upsal universiteti meditsina d-ri (1802). Stokgolm universiteti prof. (1807), Stokgolm FA aʼzosi (1808), prezidenti (1810) va doimiy kotibi (1818 yildan). Atomizm nazariyasini tajribada asoslash, uni rivojlantirish va kimyoga tatbiq etishda B.ning xizmati katta boʻldi. Oksidlarni analiz qilib, karrali nisbatlar qonuninn boyitdi. 1818 yil 46 element atom massasi kirgan jadvalini eʼlon qildi. B. nazariy qarashlarining asosi kimyoviy yaqinlikning elektr tabiati haqidagi taʼlimotdir. B. Gizinger bilan birgalikda barcha tuzlar kislota va asoslardan iborat degan xulosaga keladi. Ikkala olim turli minerallarni tekshirib, 1803 i. seriyni, 1817 yil selenii, 1828 yil toriyni ochishadi. B. 1824—25 yillarda erkin holdagi kremniy, titan, tantal va sirkoniylarni birinchi boʻlib oldi. 1815 yil baʼzi bir organik kislotalarning formulalarini koʻrsatib berdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil