Berg Alban

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BERG (Berg) Alban (1885.9.11—Vena— 1935.24.12) — avstriya kompozitori, musiqadagi ekspressionizmning eng yirik vakillaridan. 1915—18 yillar harbiy xizmatda boʻlib, Ijahon urushi taʼsirida unga katta shuhrat keltirgan "Votssek" operasini yaratgan. Asarlarida birinchi boʻlib 20-asrda ommaviy tus olgan dodekafoniya kompozitorlik texnikasi va anʼanaviy tonallik uslubini uzviy bogʻlashga muyassar boʻlgan, uzluksiz yangrovchi kuylar va ularga monand eng zamonaviy garmoniya birlashmalarini muayyan janr hamda shakllar zaminiga moslagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Tarakanov M., Muzikalniy teatr Albana Berga, M., 1976.