Bepul taʼlim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oslo universiteti bepul taʼlim beruvchi universitetdir.

Bepul taʼlim — bu taʼlim oluvchining shaxsiy hisobidan emas, balki davlat xarajatlari yoki xayriya tashkilotlari hisobidan moliyalashtiriladigan taʼlimdir. Bepul oliy taʼlimning koʻplab modellari mavjud[1]. Lekin koʻp mamlakatlarda faqat boshlangʻich maktab va boshqa umumiy yoki majburiy taʼlim bepul (darsliklar sotib olinadi, faqat oʻqitish bepul) xolos. Baʼzi mamlakatlarda oliy taʼlim, hatto aspiranturada oʻqish ham bepul boʻlib, bunday davlatlar qatoriga Shimoliy Afrika davlatlari ham kiradi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madan0iy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 13-moddasida boshlangʻich taʼlim bepul boʻlishi va bu taʼlim olish huquqiga kirishi, oʻqishni oʻrta va oliy taʼlimda bosqichma-bosqich davom ettirish imkoni taʼminlanadi[2].

Oslo universitetida NOK (600) (74 AQSh dollari) miqdoridagi kichik semestr toʻlovidan tashqari oʻqish uchun boshqa toʻlovlar yoʻq[3]. 2013-yildan boshlab Shimoliy Yevropa, Estoniyada ham bepul oliy taʼlim berish boshlandi. Shvetsiya esa XXI asr boshlariga qadar chet ellik talabalarga bepul taʼlim berib kelgan, biroq keyinchalik Yevropa hamjamiyatidan tashqaridagi chet ellik talabalar uchun toʻlovlarni undirishga oʻzgartirishlar kiritgan[4]. Daniya ham universal bepul taʼlimga ega va oliy maʼlumotli talabalarga oylik „SU“ (Statens Uddannelsesstøtte) stipendiyasini beradi[5][6].Shuningdek, Argentina, Braziliya, Kuba, Polsha, Chexiya, Gretsiya, Vengriya, Livan, Turkiya, Shri-Lanka va Urugvay barcha darajalarda, shu jumladan, kollej va universitetlarda fuqarolar uchun bepul taʼlim beradi.

Mamlakatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinada 1949-yildan beri davlat universitetida nafaqat argentinalik talabalar, balki Argentinada oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun ham taʼlim bepuldir. Bunda toʻlov Taʼlim Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Braziliyada bepul taʼlim Taʼlim Vazirligi tomonidan mahalliy xalqqa va Braziliya fuqaroligiga ega boʻlgan muhojirlarga aspirantura, magistratura, doktorantura va post-doktorantura oʻqish uchun stipendiyalarni taklif qilishdir.

Xitoy ham bepul taʼlim olishni yoʻlga qoʻygan dastlabki davlatlar qatoriga kiradi[7].

Fransiya va Malta kabi Evropa Ittifoqi mamlakatlarida oʻqish odatda yevropalik talabalar uchun bepul, Germaniyada esa barcha yevropalik va boshqa xalqaro talabalar uchun ham taʼlim bepuldir[8]. Shotlandiyada universitetda oʻqish barcha Shotlandiya fuqarolari uchun bepul, lekin Buyuk Britaniyaning boshqa qismlaridan kelgan talabalar bundan mustasno.

Fijida hukumat 2013-yilda boshlangʻich va oʻrta maktab taʼlimi xarajatlarini qoplashini eʼlon qildi, bu har bir talaba uchun yiliga 250 Fiji dollariga teng[9].

Mavrikiyda hukumat oʻz fuqarolariga maktabgacha taʼlimdan to oliy maktabgacha bepul taʼlim beradi. 2005-yil iyul oyidan boshlab hukumat barcha talabalar uchun bepul transportni ham yoʻlga qoʻygan.

Filippinda davlat boshlangʻich va oʻrta maktablari bepul[10]. 1973-yilgi Konstitutsiyaga binoan boshlangʻich taʼlim bepul boʻlgan boʻlsa, 1987-yilgi Konstitutsiya bepul taʼlimni oʻrta darajaga qadar kengaytirdi[11]. Bepul davlat oliy taʼlimi 2017-yildan kuchga kirdi[12][13].

Tailandda bepul taʼlim taxminan 1996-yildan boshlangan.

Trinidad va Tobago oʻz fuqarolariga akkreditatsiyadan oʻtgan davlat va xususiy muassasalarda bakalavriat darajasigacha bepul oliy taʼlimni taklif etadi. Aspirantura darajasi akkreditatsiya qilingan muassasalarda hukumat tomonidan 50 % gacha toʻlanadi. Ushbu imtiyoz fuqarolarga „Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan oʻquv xarajatlari dasturi“ deb nomlangan dastur doirasida beriladi va u Oliy taʼlim va malaka oshirish vazirligining moliyalashtirish va grantlarni boshqarish boʻlimi tomonidan boshqariladi[14].

Qoʻshma Shtatlarda turli xil moliyaviy yordam dasturlari har qanday akkreditatsiyadan oʻtgan kollej yoki universitet uchun, asosan kam taʼminlangan talabalarga grantlar va talabalar kreditlarini taqdim etadi[15].

Urugvay bepul, majburiy va dunyoviy taʼlimni 1876-yilda, Lorenzo Latorre diktaturasi davrida, Xose Pedro Varela boshchiligidagi islohotdan soʻng qabul qildi.

Tanzaniyada hukumat 2016-yilda barcha davlat maktablari uchun toʻlovsiz taʼlimni joriy qildi[16]. Hukumat toʻlovlarni toʻlaydi, ammo ota-onalar maktab formasi va boshqa materiallar uchun haq toʻlashlari kerak edi[17]/

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom oltin asrida madrasaga asoslangan bepul taʼlim anʼanasi paydo boʻlgan[18][19].

Bepul taʼlim dastlab „homiylik taʼlimi“ deb ham yuritilgan. Chunki Uygʻonish davrida, boy amaldorlar homiy sifatida yigitlarning taʼlim olishiga yordam berishgan[20].

Qoʻshma Shtatlarda Taunsend Xarris 1847-yilda birinchi bepul davlat oliy taʼlim muassasasiga, Nyu-York shahrining bepul akademiyasiga (hozirgi Nyu-York shahar kolleji) asos solgan. U shahar kambagʻallari, muhojirlar va ularning bolalariga bepul taʼlim berishni maqsad qilgan. Uning bitiruvchilari boshqa davlat universitetlariga qaraganda koʻproq muvaffaqiyatga erishgan. XIX asrning oxirlarida Qoʻshma Shtatlar hukumati majburiy taʼlimni bepul va umumiy taʼlim sifatida joriy qilgan va 1920-yillarga kelib bu butun mamlakat boʻylab tarqalgan.

Internetda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda onlayn taʼlim saytlari, tarmoqlari koʻpayib bormoqda. Onlayn taʼlim uchun resurslarning keng talablari tufayli koʻplab ochiq jamoat loyihalari ham yoʻllga qoʻyilgan. Xususan, Wikimedia jamgʻarmasi bepul onlayn taʼlim resurslariga bagʻishlangan loyihani ishlab chiqdi, Wikiversity maʼlum mavzular uchun bir nechta saytlar yaratdi[21].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Public Higher Education Should Be Universal and Free“. The New York Times.
  2. International Covenant on Economic, Social and Cultural Rights, Article 13, 1
  3. „Global Scholarships for International Students“. uscollegeinternational.com (2017-yil 18-avgust).
  4. „UKÄ och UHR“. hsv.se. 2013-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
  5. „Forside“. su.dk. 2004-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  6. „Nu også SU til unge under 18“ (da). SU.dk (2010-yil 19-yanvar). 2014-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
  7. „China ends school fees for 150m“. BBC News (2006-yil 13-dekabr). 2007-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-avgust.
  8. „World-class education that costs nothing“. CNN.com (2014-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  9. „Free education for primary and secondary school students in Fiji“. Radio NZ (2013-yil 8-noyabr). 2021-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-iyul.
  10. The Department of Labor's ... Findings on the Worst Forms of Child Labor (en). U.S. Department of Labor, Bureau of International Labor Affairs, 2001 — 279 bet. 2022-yil 16-yanvarda qaraldi. 
  11. Ramesh, M.. Welfare Capitalism in Southeast Asia: Social Security, Health and Education Policies (en). Springer, 11 February 2000 — 127 bet. ISBN 978-0-230-51281-8. 2022-yil 16-yanvarda qaraldi. 
  12. Bacungan, VJ. „Duterte signs free tuition bill into law“ (en). CNN Philippines (2017-yil 5-avgust). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  13. Talpur, Mustafa. Getting Even: Public Policies to Tackle Inequality in Asia (en). Bloomsbury Publishing, 16 December 2019. ISBN 978-93-89165-71-5. 2022-yil 16-yanvarda qaraldi. 
  14. Willies. „These countries give free college education to their citizens“. Factualinfo.com (2016-yil 23-fevral). 2021-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  15. Danielle Douglas-Gabriel. „Tuition-free college movement gains momentum, despite Biden's stalled plan“. The Washington Post (2022-yil 5-mart).
  16. „Free education in Tanzania“. Africa Times (2016-yil 9-fevral). 2021-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  17. „Free education now to include Form Five and Six“. The Citizen (2022-yil 14-iyun).
  18. Hardaker, Glenn „1.2.1: Phase One: The traditionalist Madrasah“,. Pedagogy in Islamic Education: The Madrasah Context. Bingley: Emerald Group Publishing, 2019 — 8–9 bet. ISBN 9781787547186. 2019-yil 4-aprelda qaraldi. „Before the Western influence, madrasahs imparted knowledge by a chain of transmission [...]. [...] Typically, a madrasah institution provided free education and library facilities; a wide range of subject expert teachers and students were provided with the necessary resources for their studies. A recognised early Sunni madrasah was Al-Azhar University, Cairo, one of the first Sunni centres of learning in the tenth century [...]“ 
  19. Lapidus, Ira M. „21: Muslim communities and Middle Eastern Societies 1000-1500 CE“,. A History of Islamic Societies, 3, New York: Cambridge University Press, 1988 — 217 bet. ISBN 9780521514309. 2019-yil 4-aprelda qaraldi. „[...] the colleges were also endowed with permanent sources of income [...] set aside in perpetuity. The trusts (awqaf) paid the salaries of the faculty and stipends for students.“ 
  20. „Education – FREE Education information | Encyclopedia.com: Find Education research“. www.encyclopedia.com. 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-sentyabr.
  21. „Wikimedia Foundation“. Wikimediafoundation.org. 2013-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.