Free Knowledge Foundation

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bepul Bilimlar Fondidan yoʻnaltirildi)

Free Knowledge Foundation (FKF) — Ispaniya notijorat tashkiloti. Bepul va erkin bilimlar, jumladan, bepul dasturiy taʼminot va erkin standartlarni rivojlantirish faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridir. Tashkilot 2004-yilda tashkil etilgan boʻlib, bosh qarorgohi Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan.

Faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

FKF erkin bilim, bepul dasturiy taʼminot va standartlar xususida aholining xabardorligini oshirish uchun siyosatchilar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy faol shaxslar bilan hamkorlik qiladi.

Pablo Maxon 2004-yildan buyon FKF prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. 2005-yilda Richard Stallman tashkilotning faxriy raisi boʻldi[1].

FKF 2006-yilda Yevropa erkin dasturiy taʼminot fondi[2] bilan uyushgan tashkilotga aylandi.

FKF erkin bilimlar masalasiga bagʻishlangan erkin uchrashuvlar[3] — xalqaro konferentsiyalarni uyushtirib turadi. Bunday anjumanlar, odatda, Madriddan 50 km uzoqlikda joylashgan Miraflores de la Sierra shahridagi Madrid muxtor universiteti binolaridan birida tashkil etiladi.

Erkin uchrashuvlar chogʻida libre.org tashkiloti mukofotlarini topshirish marosimi ham boʻlib oʻtadi. Mukofotlar bepul bilimlarning tarqalishiga ulkan hissa qoʻshadigan shaxslar yoki tashkilotlarga beriladi. Mukofotlanganlar orasida Xuan Karlos Rodriges Ibarra (Ekstremadura sobiq prezidenti)[4], Esteban Gonsales Pons (Ispaniya xalq partiyasi siyosatchisi)[5] va Xuan Alberto Bellok (Ispaniya sobiq Adliya va Ichki ishlar vaziri va Saragosa meri)[6], shuningdek, Ispaniya Senati, Andalusiya mintaqaviy hukumati[7], Valensiya generalitadosi va Ispaniya sanoat, turizm va savdo vazirligi kabi idoralar bor.

FKF boshqa tadbirlar[8] ham oʻtkazib turadi va bepul dasturiy taʼminot hamda bepul bilimlar bilan bogʻliq tegishli xalqaro tadbirlarda qatnashadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]