Kontent qismiga oʻtish

Benzaiten

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Benzaiten (yaponcha: 弁才天弁財天?, ja[1])[a] — bu Sharqiy Osiyo buddizmidagi ma’buda bo‘lib, u hindlarning nutq, san’at va bilimlar homiysi boʻlgan Sarasvati ismli boshqa bir ma'budasi asosida shakllangan.

Benzaitenga sig‘inish Yaponiya hududiga VI–VIII asrlarda, asosan Oltin nur sutrasi (sanskritcha: Suvarṇaprabhāsa Sūtra)ning klassik xitoycha tarjimalari orqali kirib kelgan. Ushbu sutraning bir bo‘limi aynan unga bag‘ishlangan[2]. Benzaiten keyinchalik yapon kamilari bilan sintezlangan va Shinto dinida ham tilga olingan, hamda unga bag‘ishlangan bir nechta Shinto ibodatxonalari qurilgan. Shu tariqa, Benzaiten hozirgi kunda ajdarlar, ilonlar, mahalliy yapon xudolari, boylik, baxt, kasallik va xavfdan himoya qilish, hamda davlatni asrash singari amallar bilan bog‘lanadi.

Ibodatxonalar va ziyoratgohlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Benzaiten haykali, Hōgonji, Nagahama, Shiga prefekturasi, Yaponiya
Sakkiz qoʻlli Uga Benzaiten, Hōgonji

Yaponiyada Benzaitenga bagʻishlangan ibodat joylari koʻpincha „辯天堂“ (benten-dō) yoki benten-sha (yaponcha: 弁天社?) deb ataladi. Unga bagʻishlangan Shinto ibodatxonalari ham shu nom bilan yuritiladi. Bazi holatlarda butun bir Shinto ibodatxonasi Benzaitenga bagʻishlanadi, masalan, Kamakuradagi Zeniarai Benzaiten Ugafuku ibodatxonasi yoki Nagoyadagi Kavahara ibodatxonasi shular jumlasidandir. Benzaiten ibodatxonalari va ziyoratgohlari odatda suv manbalari daryo, koʻl, buloq yaqinida joylashgan boʻladi, chunki u suv bilan bogʻliq maʼbuda hisoblanadi. Benzaitenga sigʻinish yapon anʼanaviy eʼtiqodlari bilan ham uygʻunlashgan, jumladan ilon va ajdarlarga oid ramzlar bilan tasvirlanadi, chunki u dastlab daryo maʼbudasi boʻlgan.

Benzaiten ziyoratgohlari va ibodatxonalari butun Yaponiya boʻylab koʻplab joylarda joylashgan; masalan, Sagami ko‘rfazidagi Enoshima oroli, Biva koʻlidagi Chikubu oroli va Seto ichki dengizidagi Itsukushima oroli (Yaponiyadagi uch yirik Benzaiten ziyoratgohi sifatida tanilgan). U va besh boshli ajdar Enoshima Engida asosiy markaziy obrazlar sifatida tasvirlanadi. Bu Enoshima ziyoratgohlari tarixi boʻlib, u haqida yapon buddist rohibi Kōkei (皇慶) tomonidan 1047-yilda yozilgan. Kōkei rivoyatiga koʻra, Benzaiten – Munetsuchi (無熱池; soʻzma-soʻz „issiqliksiz koʻl“) ajdar podshosining uchinchi qizi boʻlib, sanskrit tilida Anavatapta deb ataladigan, qadimgi buddist kosmologiyasida dunyo markazida joylashgan koʻldan kelib chiqqan.

Ryōhō-ji ibodatxonasi, shuningdek „Moe ibodatxonasi“ sifatida tanilgan boʻlib, Benzaitenga bagʻishlangan. U buddist xudolarining anime uslubidagi tasvirlari bilan mashhur[3].

Benzaitenga bag'ishlangan Shinto ibodatxonalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Enoshima ibodatxonasi (Fujisava shahri, Kanagava prefekturasi, Enoshima oroli; Yaponiyadagi uch yirik Benzaiten ziyoratgohidan biri)
  • Koami ibodatxonasi (Nihonbashi, Tokio)
  • Zeniarai Benzaiten Ugafuku ibodatxonasi (Kamakura shahri, Kanagava prefekturasi)
  • Shimizu Benzaitensha (Saku shahri, Nagano prefekturasi)
  • Tenkava Daibenzaitensha (Tenkava-mura, Yoshino tumani, Nara prefekturasi; Yaponiyadagi uch yirik Benzaiten ziyoratgohidan biri)
  • Koganeyama ibodatxonasi (Ishinomaki shahri, Miyagi prefekturasi, Kinka tog‘i)

Benzaitenga shuningdek Munakata Taisha ibodatxonasida Ichikishima Hime-no-Mikoto sifatida ham sig‘iniladi.

  1. Kyūjitai: 辯才天, 辨才天, yoki 辨財天. Bu ism budda matnlarida Sarasvatining so‘zma-so‘z xitoycha tarjimasi bo‘lib, «notiqlik ma’budasi» degan ma’noni bildiradi. Qisqartirilgan shakli (yaponcha: 弁天, Benten?, ja[1]).
  1. 1 2 {{{title}}} NHK Broadcasting Culture Research Institute: . NHK Publishing, 24 May 2016. 
  2. Ludvik, Catherine. Sarasvatī: Riverine Goddess of Knowledge. From the Manuscript-carrying Vīṇā-player to the Weapon-wielding Defender of the Dharma. Brill, 2007 1–3-bet. 
  3. „Otaku Worship in Session at Ryohoji Temple“ (2013-yil 30-yanvar).