Bensi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bensixudan yoʻnaltirildi)

Bensi, Bensixu — Xitoyning shim.sharqidagi shahar. Tayszixe daryosi vodiysida, Lyaonin provinsiyasida. B.dan Shenyan — Andun temir yoʻl oʻtgan. Aholisi 751 mingdan ziyod kishi (1990- yillar oʻrtalari). Toshkoʻmir, gilli slanes va temir rudasiga boy konchilik rayonining markazi. B. mamlakat qora metallurgiya va temir rudasi, metallsozlik sanoatining muhim markazlaridan. Temir rudasi, choʻyan, sifatli poʻlat, sement va koks, oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqariladi. Yirik TETS va konchilik instituti bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil