Benito Juárez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Benito Juarez.jpg

XUARES (Juarez) Benito Pablo (1806.21.3, SanPabloGelatao, Oaxaka — 1872.18.7, Mexiko, Meksika) — davlat va siyosat arbobi, Meksika milliy qahramoni. Kambagʻal indeys oilasida tugʻilgan. Diniy seminariyani (1827-yil) va yuridik maktabni (1833-yil) tugatgan. 1847—52 yillar Oaxaka shtataning gubernatori boʻlgan. 1846—48 yildagi amerikameksika urushi davrida amerikalik interventlarga qarshilik koʻrsatishni tashkil etishsa katga rol oʻynagan. A. SantaAna diktaturasiga qarshi chiqqanligi uchun mamlakatdan badargʻa qilingan (1853). 1854-yil inkilobi boshlanishi bilan’Meksikaga kaytib kelgan va liberallar armiyasiga kirgan. X.Alvares inqilobiy hukumatida adliya va kultlar vaziri boʻlgan (1855). 1857-yil konstitutsiyasi mualliflaridan biri. 1858—61 yilda hukumat boshligʻi. 1861— 72 yilda mamlakat prezidenti. Cherkovning iqtisodiy va siyosiy mavqeini cheklovchi qonunlar chikargan. Angliya— Fransiya—Ispaniya intervensiyasi (1861—67 yil, Meksika ekspeditsiyasi) vaqtida chet el interventlariga qarshi kurashga rahbarlik qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]