Beni Baningime

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beni Baningime
Baningime 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Beni Tangama Baningime[1]
Tavallud sanasi 9-sentyabr 1998-yil (1998-09-09) (25 yosh)[2]
Tavallud joyi Kinshasa, DR Kongo
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Markaziy yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Heart of Midlothian
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2017 Everton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2021 Everton 8 (0)
2019Wigan Athletic (ijara) 1 (0)
2021Derby County (ijara) 2 (0)
2021- Heart of Midlothian 24 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-mart 2022-yil (utc) uchun)

Beni Tangama Baningime (1998-yil, 9-sentyabrda tugʻilgan) — Kongolik professional futbolchi, Shotlandiya Premer ligasining Heart of Midlothian klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baningime Kinshasaning Lemba tumanida oʻsgan[3].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya Everton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baningime Evertonga 9 yoshida kelib qoʻshilgan.[4] U klub akademiyasini tamomlagan va Everton FC zahiralari va akademiyasida ishlagan vaqtida Premer liga 2[5] va Dallas kubogi[6] kabi sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Baningime shuningdek, 2016/17-yilgi mavsumda Everton FC zahiralari va Akademiyaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[7]. Baningimening kattalar safida debyuti 2017-yil oktyabr oyida Chelseaga qarshi Liga kubogi oʻyinida boʻlgan[8]. Baningime Premer-ligadagi debyutini 2017-yilning 29-oktyabr kuni Leiceter Cityga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazdi[9].

2019-yil yanvar oyida u mavsum oxirigacha Wigan Athleticga ijaraga berildi[10].

2021-yilning 1-fevralida Baningime 2020−21-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Chempionshipning Derby County klubiga ijara asosida qoʻshildi va Evertonning sobiq futbolchisi, murabbiy Wayne Rooney bilan faoliyatini davom ettirdi[11]. Ikki kundan soʻng, u Rams safida Graeme Shinnie oʻrniga Rotherham Uniteddan 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qildi[12].

Shotlandiya Hearts[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil, 29-iyulda Baningime Shotlandiya Professional Futbol Ligasining Heart of Midlothian klubiga nominal toʻlov evaziga qoʻshildi va klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi[13]. Baningime Hearts safidagi debyutini oʻz uyida Celticga qarshi 2:1 hisobidagi gʻalabada oʻtkazdi, oʻsha kuni Celtic safida toʻliq oʻyinni oʻtkazdi va Man of the Match (eng yaxshi oʻyinchi) mukofotini qoʻga kiritdi[14].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baningimening ukasi Divin Baningime ham futbolchi boʻlib, u yaqinda Wigan Athleticda oʻynagan[15].

Baningime xristian. U har bir oʻyin oldidan ibodat qiladi va Injilni oʻqiydi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 19-mart holatiga ko'ra[17]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Everton 2017-18 Premer-liga 8 0 0 0 1 0 3 0 12 0
2018-19 Premer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2019-20 Premer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2020-21 Premer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 8 0 0 0 1 0 3 0 12 0
Wigan Athletic (ijara) 2018-19 Chempionat 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Derby County (ijara) 2020-21 Chempionat 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Heart of Midlothian 2021-22 Shotlandiya Premer-ligasi 24 1 2 1 1 0 0 0 27 2
Karyera jami 35 1 2 1 2 0 3 0 42 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Players Registered as Scholars in Accordance with Rule C.3 Between 01/07/2015 and 31/07/2015“ (pdf). TheFA.com (27-noyabr 2015-yil). 19-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  2. „Beni Baningime“. Everton F.C.. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2017-yil.
  3. „'I was broken as a person' - Baningime“. . U 8 yoshida, Angliyada shifokor boʻlib ishlagan otasi oilasini Wiganga koʻchirganidan keyin oilasini tark etdi
  4. Jones. „Meet Beni Baningime — the midfield prodigy likened to Kante“ (25-oktabr 2017-yil).
  5. „Everton U23s win Premier League 2 title“ (24-aprel 2017-yil).
  6. „So Close... - Everton Football Club“. www.evertonfc.com. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2018-yil.
  7. „So Close... - Everton Football Club“. www.evertonfc.com. 2018-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2018-yil.
  8. Doyle, Ian. „This is what David Unsworth thought of Baningime's debut“. liverpoolecho (25-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2017-yil.
  9. „Leicester City v Everton“ (en-gb). Football Fallout. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2017-yil.
  10. „WIGAN ATHLETIC SIGN EVERTON MIDFIELDER BENI BANINGIME ON LOAN UNTIL THE END OF THE SEASON“. Wigan Athletic F.C. (31-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-fevral 2019-yil.
  11. „RAMS LAND BANINGIME ON LOAN FROM EVERTON“. Derby County F.C. (1-fevral 2021-yil). Qaraldi: 1-fevral 2021-yil.
  12. „Preston North End 1-2 Rotherham United: Late Millers flourish leave Rooney's Rams reeling“. BBC Sport (3-fevral 2021-yil). Qaraldi: 15-fevral 2021-yil.
  13. „Baningime joins Hearts from Everton“.
  14. „Souttar earns Hearts win over Celtic“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  15. „Find Out More About Latics' Academy Graduates Involved Tonight Against Middlesbrough U21“. Wigan Athletic (24-oktabr 2017-yil). 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  16. „'I was broken as a person' - Baningime“. „'I was broken as a personʼ — Baningime“ – via www.bbc.co.uk.
  17. „B. Baningime“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 25-oktabr 2017-yil.