Bengaliya qoʻltigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bengaliya qo‘ltig‘idan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bengaliya qoʻltigʻiHind okeanidagi qoʻltiq. Hindiston va Hindixitoy yarim orollari hamda Andaman, Nikobar orolari oʻrtasida. Maydoni 2191 ming km². Oʻrtacha chuq. 2586 m, eng chuqur joyi 4519 m. Yirik daryolardan Gang va Brahmaputra quyiladi. Suvining oʻrtacha temperaturasi fevralda 25 — 27°, avgustda 28°. Shoʻrligi 30‰, Gang daryosi quyiladigan yerda bundan kamroq, janubida 34‰. Tez-tez tropik dovullar boʻlib turadi. Shim.da suv 11 m gacha koʻtariladi. Baliq, dengiz mollyuskalari va trepang ovlanadi. Asosiy portlari: Kalkutta — Gang daryosi deltasida, Madras (Hindiston), Chittagong (Bangladesh).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil