Benefis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Benefis (frans. benefi ce — foyda) — tushumi toʻla yoki qisman teatr jamoasi yoki ayrim aktyorga toʻlanadigan spektakl. Birinchi B. Fransiyada 1735 i. oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda birinchi B. 1924 yilda atoqli aktrisa Maʼsuma Qoriyevaning Halima (F. Zafariy, "Halima") rolini 100marta ijro etishi munosabati bilan oʻtkazildi. 1925 yildan sobiq Ittifokda, jumladan Oʻzbekistonda B. bekor qilinib, uning oʻrniga artistlarning ijodiy kechalarini uyushtirish rasm boʻlgan. 1958 yil Otello (U. Shekspir, "Otello") rolini 500-marta ijro etilishi munosabati bilan A. Hidoyatovning ijodiy kechasi (B.i) oʻtkazilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil