Benedict McCarthy
Benedict Saul „Benni“ McCarthy (talaffuzi: Benedikt Saul „Benni“ Makkarti; 1977-yil 12-noyabrda Cape Townda tugʻilgan) — Janubiy Afrikalik hujumchi. Janubiy Afrika terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar. 1998-yilda Afrika Millatlar Kubogining kumush medal sovrindori va eng yaxshi toʻpurari, 2003—2004-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi.
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Benedict Saul McCarthy | ||
| Tavallud sanasi | 1977-yil 12-noyabr | ||
| Tavallud joyi | Cape Town, Janubiy Afrika | ||
| Boʻyi | 1.83 m | ||
| Ampluasi | hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester United | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Young Pirates | |||
| Crusaders | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1995—1997 | Seven Stars | 49 | (39) |
| 1996—1997 | → Cape Town Spurs (ijara) | 7 | (3) |
| 1997—1999 | Ajax | 36 | (20) |
| 1999—2002 | Celta Vigo | 66 | (10) |
| 2002—2006 | Porto | 85 | (46) |
| 2006—2010 | Blackburn Rovers | 109 | (37) |
| 2010—2011 | West Ham United | 11 | (0) |
| 2011—2013 | Orlando Pirates | 24 | (10) |
| Milliy terma jamoa | |||
| – | Janubiy Afrika U23 | 13 | |
| 1997—2012 | Janubiy Afrika | 79 | (31) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2015—2016 | Sint-Truiden | ||
| 2017—2019 | Cape Town City | ||
| 2020—2022 | Amazulu | ||
| 2022— | Manchester United | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Benedict McCarthy qashshoq va kriminallashgan hududida voyaga yetgan. Oilada u bir juft etikni akasi Jerom bilan boʻlishib kiygan va shunday ogʻir sharoitda ulgʻaygan. U Angliya premyer ligasi oʻyinlarini televizorda koʻrishni yaxshi koʻrgan va u „Manchester United“ futbol klubigaga muxlislik qilgan[1].
Benedict McCarthyning birinchi jamoasi amakilari tomonidan boshqariladigan „Young Pirates“ futbol klubi edi. Keyin u „Crusaders“ havaskorlar klubining oʻsmirlar jamoasida oʻynagan. 1995—1996-yilgi mavsumdan boshlab u oʻzining professional faoliyatini „Seven Stars“ futbol klubida boshlagan. Keyinchalik Benedict McCarthy „Cape Town Spurs“ jamoasi bilan birlashib, Amsterdamning „Ajax“ farm klubi boʻlgan „Cape Town Ajax“ futbol klubini tashkil qilgan. 1997—1998-yilgi mavsumda Gollandiyaliklar janubiy afrikaliklarga 1 million dollar toʻlab, Benedict McCarthyni oʻz jamoalariga taklif qilishgan. Keyingi mavsumda u „Ajax“ bilan mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan.
2006—2010-yillarda u Angliyaning „Blackburn Rovers“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 2010-yil 1-fevralda u faoliyatini „West Ham United“ futbol klubida davom ettirgan. 2010-yilning yanvar oyidan beri Benedict McCarthy „West Ham United“ safida bor-yoʻgʻi 13 ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmagan. Bunday yomon natijaga uning ortiqcha vazni sabab qilib koʻrsatilgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yilda Benedict McCarthy Afrika yoshlar chempionatida qatnashib, kumush va jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.
1998-yilda Afrika Millatlar Kubogida 7 ta gol urib, ushbu turnirning eng yaxshi toʻpurari unvoniga ega boʻlgan. Shuningdek, u turnirda kumush medalni ham qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi Jahon chempionatida u oʻz terma jamoasining uchta oʻyinida qatnashib, Daniya terma jamoasi darvozasiga bitta gol urgan va oʻsha uchrashuvda yakuniy hisobni oʻrnatgan (1:1). Shunday qilib, Benedict McCarthy bolalikdagi orzusini amalga oshirib, oʻz kumiri Peter Shmeyxel jamoasi darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻlgan.
2002-yilgi Jahon chempionatida Benedict McCarthy turnirdagi barcha 3 ta oʻyin oʻtkazgan va yakunda ispanlarga 3: 2 hisobida magʻlub boʻlishgan[2].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
|---|---|---|
| Ajax Ámsterdam | 1998 | |
| Ajax Ámsterdam | 1998 | |
| Ajax Ámsterdam | 1999 | |
| Porto | 2003 | |
| Porto | 2004 | |
| Porto | 2004 | |
| Porto | 2006 | |
| Porto | 2006 | |
| Orlando Pirates | 2012 | |
| Orlando Pirates | 2012 | |
| Orlando Pirates | 2012 | |
| Orlando Pirates | 2012 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zabiv Shmeyxelyu, Makkarti osuщestvil mechtu detstva Zametka v gazete ot 20-iyunya 1998 goda
- ↑ Benni Makkarti otkazalsya vernutsya v sbornuyu[sayt ishlamaydi] Novost na sayte ot 29-maya 2007 goda
