Kontent qismiga oʻtish

Benavo Abdurauf

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Benavo Abdurauf (1913 — Qandahor — 1987) — afgʻon shoiri, publitsisti, olim va jamoat arbobi. Ijodi 1934-yilda boshlangan. Afgʻon akademiyasining prezidenti (1947 — 51). "Parishon fiqolar" (1957), "Xushhol va Psarlay" (1958) kabi sheʼriy toʻplamlar, "Sariq gul", "Baxtsiz qiz" kabi hikoyalar muallifi. B. "Adabist nazariyasi" (1948), "Hozirgi zamon yozuvchilari" kabi adabiyotshunoslikka oid asarlar ham yozgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil