Nikolay Benardos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Benardos Nikolay Nikolayevichdan yoʻnaltirildi)

Nikolay Nikolayevich Benardos (1842 — 1905) — rus ixtirochisi. Metallarni elektr yoyi bilan payvandlash usuli ("elektrogefest")ni kashf qilgan (1882). Payvandlash uchun zarur tok berib turadigan elektr akkumulyatorini yaratgan. Benardos turli sohalar (qishloq xoʻjaligi, transport, metallurgiya va boshqalar)ga oid 100 dan ortiq kashfiyoti uchun Rossiya va chet ellarda patent olgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Benardos Nikolay Nikolayevich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil