Kontent qismiga oʻtish

Bemor (hikoya)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bemor
Muallif(lar) Abdulla Qahhor
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i hikoya
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1936
Sahifalar soni 5

Bemor – Oʻzbekiston xalq yozuvchi Abdulla Qahhor qalamiga mansub hikoya. Asar 1936-yilda yozib tugatilgan va nashr etilgan[1][2].

Hikoya yozuvchining oʻzi yashagan davr muhitini yoritadi hamda unda jamiyatdagi muhim muammolar – qashshoqlik, ilmsizlik, loqaydlik kabi illatlar tanqid qilinadi. Asarda boy va kambagʻallar oʻrtasidagi tafovut, ularning oʻzaro munosabatlari hamda inson qadr-qimmati dolzarb masala sifatida koʻtariladi. Hikoyaning bosh qahramoni – bemor ayol obrazi orqali muallif butun bir xalqning oʻsha davrdagi ogʻir ijtimoiy holatini ochib beradi[3][4].