Belorussiya milliy fanlar akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Belorussiya milliy fanlar akademiyasi — Belorussiya Respublikasidagi oʻz-oʻzini boshqaruvchi oliy ilmiy muassasa. Tabiiy, texnika va ijtimoiy fanlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib boradi va ularni muvofiklashtiradi. 1929 y. Minsk shahrida Belorussiya madaniyat instituti negizida tashkil etilgan. 1997 y.ga qadar Belorussiya FA deb atalgan. Akademiya tarkibida 11218 xodim, jumladan 5961 ilmiy xodim, 55 akad., 96 muxbir aʼzo, 375 fan d-ri, 2557 fan nomzodi ishlaydi (1997). Akademiya tizimida 6 boʻlim: fizika, mat. va informatika; mashinasozlik va energetikaning fiziktexnik masalalari; kimyo va geol. fanlari; biol. fanlari; ijtimoiy fanlar; tibbiyot masalalari boʻlimlari bor. Konstruktorlik byurosi va boʻlimi (tadqiqot korxonalari bilan)dan iborat konstruktorlik-tadqiqot bazasi mavjud; intlar qoshida 10 maxsus konstruktorlik byurosi (tadqiqot korxonalari bilan) ishlaydi. Akademiya tizimida "Beloruskaya navuka" nashriyot-matbaa ishlab chiqarish birlashmasi, Ya. Kolas nomidagi Markaziy kutubxona, Markaziy ilmiy arxiv, qad. belorus madaniyati, Belorussiya FA tarixi muzeylari bor. FA "Dokladi AN Belorus, "Bectnik AN Belarusi (5 seriyada), "Differensialnie uravneniya", "Injenernofizicheskiy jurnal", "Jurnal prikladnoy spektroskopii", "Treniye i iznos" jur.larini, koʻp tirajli "Navshi AN Belarusa" gaz.ni nashr etadi. FA prezidenti — Aleksandr Pavlovich Voytovich (1997 y.dan).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil