Belgorod-dnestrovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Belgorod-dnestrovskiy (1918 yilgacha va 1940 — 44 yillarda Akkerman) — Ukrainaning Odessa viloyatidagi shahar. Dnestr limanidagi port, Qora dengizdan 20 km. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 57 ming kishi (1999). B.D. yunonlarning qad. Tira shahri oʻrnida 9-asrda vujudga kelgan. 14-asrda moʻgʻullar egallagan va shaharni Oq-Libo deb atagan. 14-asrda genuyaliklarning Monkastro koloniyasi, 15-asrda Moldaviya knyazligi tarkibida boʻlib Chetatya-Alba deb atalgan, 1484 yildan turklarga qarashli qalʼa, 1812 yilda Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan, 1918 — 40 yillarda Ruminiya tarkibida (ChetatyaAlbe) boʻlgan. B.D.da goʻsht-sut, baliq-konserva. uzum vinosi, un, tibbiy buyumlar, tibbiy asboblar zavodlari, karton, mebel, tikuvchilik fabrikalari, qurilish materiallari kombinati, baliq sanoati texnikumi, qishloq xoʻjaligi texnikumi, tibbiyot va ped. bil im yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil