Belarus — Finlandiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Finlandiya–Belarus munosabatlari

Finlandiya

Belarus

Belarus — Finlandiya munosabatlari Belarus va Finlandiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar boʻlib, 1992-yil 26-fevralda oʻrnatilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-1980-yillarda Finlandiya BSSR ning asosiy tashqi savdo sheriklaridan biri edi. Sovet Respublikasi mamlakatga traktorlar, yuk mashinalari, stanoklar, shishasozlik mahsulotlari, dizel yoqilgʻisi, benzin, zigʻir, koʻmir ishlab chiqarish uchun oʻtin, paxta matolarini yetkazib berdi. Finlandiyadan BSSRga kiyim-kechak va gazlamalar, texnologik asbob uskunlarni eksport qilgan[1].

XX asrning oʻrtalarida Belarus mualliflarining asarlari fin tiliga tarjima qilingan va Belarus filmlari Finlandiyada namoyish etilgan. 1978-yilda Baranovichi va Xeynola birodarlashgan shaharlar harakati doirasida doʻstona sherikchilik kabi munosabatlarni oʻrnatgan.

1991-yil dekabrda Finlandiya Belarus mustaqilligini tan oldi, 1992-yil 26-fevralda esa mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi, faol siyosiy muloqot oʻrnatildi. 1992-yil may oyida Finlandiya prezidenti Mauno Koivisto Belarusga amaliy tashrif bilan keldi.

1990-yillarning ikkinchi yarmida Minsk va Finlandiya aʼzosi boʻlgan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarning umumiy salbiylashuvi oqibatida Belarus va Finlandiya davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda oʻzgarishlar yuz berdi.

2007-yil martda Belovejskaya Pushchada Belarus Chegara qoʻshinlari Davlat qoʻmitasi va Finlandiya Chegara qoʻmitasi delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Chegarani qo‘riqlash va chegara nazorati bo‘yicha qo‘shma seminarlar o‘tkazish, ekspertlar, chegaradagi tezkor vaziyat yuzasidan axborot almashishni nazarda tutuvchi memorandum shartnomalarini imzolashdi.

2008-yil oktyabr oyida Finlandiya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Stubb Minskka tashrif buyurdi. Prezident Aleksandr Lukashenko va tashqi ishlar vaziri Sergey Martynov bilan uchrashdi.

Diplomatik missiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Finlandiyaning Litvadagi elchisi bir vaqtning oʻzida Belarus Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan. 2010-yil 1-oktabrda Minskda Finlandiya Respublikasi va Latviya Respublikasidagi elchixonasi filiali ochildi.

2011-yil 5-dekabr kuni Xelsinkida Belarus Respublikasining Finlandiya Respublikasidagi elchixonasi binosi ochildi. 2013-yilning 24-oktabr kuni Belarus Respublikasining Finlandiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksandr Petrovcih Finlandiya Prezidenti Saule Niinistyoga yorliqlarini topshirdi.

Savdo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2018-yilda ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 127,6 million dollarni tashkil etgan[2]. 2017-yilga nisbatan oʻsish 4,3%ni tashkil etdi. Belarus eksporti izolyatsiyalangan simlar va kabellar, yogʻoch va poʻlat mahsulotlaridan iborat. Finlandiya esa qogʻoz va karton mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi uskunalari va baliq yetkazib beradi[3].

Madaniy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Finlandiyada Belarus madaniyatining birinchi kuni 2013-yil 19-iyunda boʻlib oʻtdi. Yanka Kupala davlat adabiy muzeyi va „Belarus entsiklopediyasi P. Brovki“, „Kupalinka“ folklor guruhining chiqishi va shuningdek "Nesvij"[4] saroy va bogʻ majmuasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]