Amo Beknazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Beknazarov Amo Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Amo (Ambarsum) Ivanovich Beknazarov (11892.19(31).5, Yerevan - 1965.27.4, Moskva) — aktyor, rejissyor, ssenariychi. Armaniston xalq artisti (1935). Birinchi filmi — "Sharmandayu sharmisor" (1924, A. Kazbegining "Padarkush" romani asosida). Beknazarov 1925 yildan arman milliy kinematografiyasiga boshchilik qildi. Birinchi arman badiiy filmi "Nomus"ni yaratdi (1926, Aleksandr Shirvonzodaning shu nomli romani asosida, ssenariysi Beknazarovniki). Beknazarovning ovozsiz kino davrida yaratgan eng yaxshi filmlaridan yana biri "Vulkrn ustidagi uy" (1929)dir. "Pepo" (1935), "Zangezur" (1938), "David Bek" (1944), "Hovlitoʻyi" (1955, Abdulla Qahhor asari asosida), "Nasriddin Xoʻjandda" (1960, ssenariysi Beknazarovniki, rejissyor E. Karamyan bilan hamkorlikda) kabi ovozli filmlarida Beknazarov oʻta iqtidorli rejissyor sifatida namoyon boʻldi. Beknazarov ijodi qator respublikalarning milliy kinematografiyasi taraqqiyotiga va Armaniston, Gruziya, Ozarbayjonda rejissyorlik sanʼatining shakllanishiga taʼsir qildi. "Armanfilm" kinostudiyasi 1966 yildan Beknazarov nomi bilan ataladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil