Beknazar Doʻstmurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beknazar Doʻstmurodov (1957.15.6, Yakkabogʻ tumani) — Oʻzbekiston xalq hofizi (2001). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1980). Muqimiy teatrikl aktsr va xonanda. Mumtoz ashula, katta ashula va maqom yoʻllarini O.Hotamov, F.Mamadaliyev, O.Otaxonov, A.Ismoilovlardan oʻzlashtirgan. Repertuaridan Shashmakrm va Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari ("Saraxbori Navo", "Saraxbori Segoh", "Chorgoh", "Ushshoq" va boshqalar), mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalari ("Firoqingizda", "Guluzorim", "Sen-siz", "Vatan yagonadir" va boshqalar), katta ashu-laggar ("Yovvoyi Chorgoh", "Diyorim Oʻzbekiston", "Oʻzbekiston madhi", "Mu-borak toʻyta ksldik" va boshqalar) oʻrin olgan. M.Dadaboyeva, M. Hasanova bilan hamnafaslikda O.Hotamov bastalagan "Koʻzing ne balo qaro boʻlibdur", "Sarvqomat" kabi ikki ovozli (duet) ashulalarni ijro etgan. Doʻstmurodov keng diapazonli, shirali va baland ovoz sohibi; uning ijrosi barcha pardalarda ravon va tekis. Doʻstmurodov hamnafaslari S.Niyozov va A.Ibrohimovlar bilan Respublika katta ashula ijrochilarining koʻrik-tanlovi laureati (bosh sovrin, Andijon, 2001). Doʻstmurodov ijodiga bagʻishlangan 2 videofilm yaratilgan ("Oʻzbektelefilm" studiyasi, 1994. 2001). Doʻstmurodov AQSH, Angliya, Fransiya, Gsrmaniya, Hinliston, saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.