Kontent qismiga oʻtish

Bekmurod Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Bekmurod va familiyasi Abdullayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev
 Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Mansab davri
2021-yildan – 2025-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Azizbek Ikromov
Vorisi Rustam Joʻrayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-avgust 1975-yil (1975-08-24) (50 yosh)
Namangan
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Qoʻshin turi ichki xizmat
Unvoni General-mayor

Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev – oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. 1975-yilda tugʻilgan. 1997-yilda Mudofaa vazirligi Samarqand oliy harbiy avtomobil va muhandislar qoʻmondonlik bilim yurtini, 2009-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. 1993-yildan 2003-yilga qadar Mudofaa vazirligida turli ofitser lavozimlarida xizmat qilgan. 2003-yildan ichki ishlar organlarida turli xil ofitser lavozimlarida xizmat qilgan. 2015—2018-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — moliya va moddiy-texnik taʼminot boshqarmasi boshligʻi, 2018—2020-yillarda ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi, 2020—2021-yillarda Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 2021-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi boʻlgan[1][2].

2021-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan taqdirlangan. 2022-yilda general-mayor unvoni berilgan[3].

2025-yil 3-noyabr kuni ishdan olingan. Keyinchalik, davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va yana boshqa ishlar boʻyicha gumonlanib, qamoqqa olingan[4].