Bekjon Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoqubov Bekjon (1893, Xiva — 1979) — oʻymakor usta, kandakor. Xivalik usta Karimdan meʼmorlik va naqqoshlikni oʻrgangan. Nurillaboy saroyini bezashda qatnashgan. Navoiy teatrining Xiva zalini usta Roʻzimat arbob, A. Boltayevlar bilan birga ganch oʻymakorligi bilan bezagan. Yo. yaratgan oftoba, choydish, patnis, mis kosa, qanddon, guldonlar xalq amaliy sanʼatining ajoyib namunalaridir. 1952-yildan Yo. asarlari respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish qilinadi, respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil