Behigul
Qiyofa
Behigul | ||
---|---|---|
![]() | ||
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Behigul (Chaenomeles japonica)— raʼnodoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 1,5–2 m. Barglari toʻgarak yoki uzunchoqtuxumsimon. Erta bahorda barg chiqarmasdan yoki barg chiqarishi bilan gullaydi. Gullari qizil, pushti, baʼzan oq rangda toʻp boʻlib (2—6 tadan) joylashadi. Vatani—Yaponiya va Xitoy. Oʻzbekistonda B.ning erta bahorda gullaydigan turi xushmanzara oʻsimlik sifatida istirohat bogʻlariga ekiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |