Behice xonim
| Behice xonim | |||||
|---|---|---|---|---|---|
|
| |||||
| Tugʻilishi |
Behiye Maan 1882-yil 10-oktyabr | ||||
| Vafoti |
22-oktyabr 1969-yil (87 yoshda) Istanbul, Turkiya | ||||
| Dafn etilgan joy |
Yahyo Afandi qabristoni | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | |||||
| Farzandlari |
Shahzoda Ahmad Nuriddin Shahzoda Mehmed Bedreddin | ||||
| |||||
| Uy |
Maan (tugʻilganida) Usmoniylar (turmushga chiqqanidan keyin) | ||||
| Otasi | Albus Bey Maan | ||||
| Onasi | Nazli Hanim Kuçba | ||||
| Dini | Sunniy islom | ||||
Behice xonim (usmonli turkcha: بھیجه خانم – Baxtli"; asl ismi Behiye Maan; 1882-yil 10-oktyabrda tugʻilgan – 1969-yil 22-oktyabrda vafot etgan. 1934-yildagi Familiya toʻgʻrisidagi qonundan keyin: Behice Maan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid IIning xotini[1].
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Behice xonim 1882-yil 10-oktyabrda Sakarya viloyati Adapazari shahrining Beynevid degan joyida tugʻilgan[2][3]. Tugʻilganida unga Behiye Maan deb ism qoʻyilgan. Behice xonim abxaziya zodagonlari Maan oilasining aʼzosi boʻlgan. Uning otasi Kats Bey Maanning nabirasi Albus Bey Maan edi. Onasining kelib chiqishi abxaziyalik boʻlib[4][5], Hoji Kuç poshoning qizi Nazli xonim Kuçba edi. Behice xonimning Rauf Bey ismli bir ukasi va Atiye xonim[6], Tasvire xonim[7], Ihsan xonim va Nimet xonim ismli toʻrt singlisi bor edi[6]. Behice xonim Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid IIning xotinlaridan biri Sazkar xonimning qarindoshi boʻlgan[5]. U, shuningdek, Halil Kut poshoning xotiniga ham qarindoshligi boʻlgan. Behice xonim uzun boʻyli, sariq sochli, moviy koʻzli chiroyli ayol boʻlib, juda magʻrur va takabbur edi[4].
Nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Behiyening otasi sulton Abdulhamid oʻgʻli Shahzoda Mehmed Burhoniddinga kelin qidira boshlaganini eshitib, 1899-yilda uni saroyga olib keldi va sultonga tanishtirdi. Biroq Abdulhamid yosh qizning goʻzalligidan shu qadar taʼsirlanganidan uni oʻgʻliga emas, oʻziga nikohlashni soʻradi. Behiye bunga qarshi boʻlishiga qaramay, otasi bu nikohga rozilik berdi[8]. Nikoh marosimi 1900-yil 10-mayda Yildiz saroyining Hunkor koʻshkida boʻlib oʻtdi. Oʻsha paytda Behice 18 yoshda, Abdulhamid esa 58 yoshda edi[9]. Behiye xonim „Beshinchi iqbol“ unvoni va Behice ismini olgan[1].
Nikohdan 1 yil oʻtib, 1901-yil 22-iyunda Behice xonim Shahzoda Ahmad Nuriddin va Shahzoda Mehmed Badriddin ismli egizak oʻgʻillarini dunyoga keltirdi[10]. Badriddin 1903-yil 13-oktabrda 2 yoshida meningit tufayli vafot etgan[1][11][12][13].
1909-yil 27-aprelda sulton Abdulhamid taxtdan agʻdarildi va Salonikiga surgunga yuborildi[14]. Biroq Behice unga ergashmadi va Istanbulda qoldi. U oʻgʻli bilan Maslak saroyiga joylashdi[15]. 1912-yilda Saloniki Yunoniston qoʻliga oʻtgach, Abdulhamid Istanbulga qaytarildi va Beylerbeyi saroyiga joylashtirildi. Keyinchalik Abdulhamid 1918-yilda shu yerda vafot etdi[16].
Soʻnggi yillari va vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yilda Usmoniylar davlati qulagach, ularning oila aʼzolari surgun qilindi. Behice xonim oʻgʻli bilan Neapolga bordi, u yerda Via Generale Orsini koʻchasida yashadi. Keyinchalik oʻgʻli uni shu yerda qoldirib, Parijga koʻchib oʻtdi va 1945-yilda oʻsha yerda vafot etdi. Oʻgʻlining oʻlimidan keyin Behicening hayoti ogʻirlashib ketdi. Neapolda u pulsizlikdan qattiq aziyat chekdi, chunki Turkiyadan unga yuborilayotgan mablagʻlarni xizmatkori oʻzlashtirib olar edi. 1969-yilda uni Italiyada ziyorat qilgan qarindoshi Behicening yashash sharoitlaridan dahshatga tushgan, uning sochlari taralmagan, tirnoqlari juda oʻsib ketgan, bir necha haftalardan beri yuvinmagan edi[17]. 1969-yil mart oyida Behice xonim Istanbulga qaytarilgan va 7 oydan soʻng 1969-yil 22-oktyabrda 87 yoshida vafot etgan. Oʻlimidan soʻng Istanbuldagi Yahyo Afandi qabristoniga dafn etilgan[17][18].
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ismi | Tugʻilgan sanasi | Vafot sanasi | Izohlar |
|---|---|---|---|
| Shahzoda Ahmad Nuriddin | 1901-yil 22-iyun[1][11][12]. | 1944-yil dekabr[11][12]. | bir marta uylangan[19], bir oʻgʻil farzandi boʻlgan[20]. |
| Shahzoda Mehmed Bedreddin | 1901-yil 22-iyun[1][11][12]. | 1903-yil 13-oktabr[1][11][12]. | Yildiz saroyida tugʻilib, oʻsha yerda meningit tufayli vafot etgan va Yahyo Afandi qabristoniga dafn etilgan |
Nasl-nasabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 5 6 Uluçay 2011, s. 251.
- ↑ Ekinci 2017, s. 21.
- ↑ Açba 2004, s. 48.
- 1 2 Sakaoğlu 2008, s. 679.
- 1 2 Açba 2004, s. 47.
- 1 2 Ekinci 2017, s. 22.
- ↑ Açba 2004, s. 46.
- ↑ Açba 2004, s. 48 n. 13.
- ↑ Açba 2004, s. 49.
- ↑ Tezcan, Hülya. Osmanlı sarayının çocukları: şehzadeler ve hanım sultanların yaşamları, giysileri. Aygaz, 2006 — 147-bet. ISBN 978-9-759-83722-8.
- 1 2 3 4 5 Osmanoğlu 2000, ss. 262–263.
- 1 2 3 4 5 Brookes 2010, s. 287.
- ↑ Sakaoğlu 2008, ss. 679–680.
- ↑ Hall, Richard C.. War in the Balkans: An Encyclopaedic History from the Fall of the Ottoman Empire to the Breakup of Yugoslavia. ABC-CLIO, October 9, 2014 — 1–2-bet. ISBN 978-1-610-69031-7.
- ↑ Sakaoğlu 2008, s. 680.
- ↑ Parry, Milman; Lord, Albert B.. Serbocroatian heroic songs, Volume 1. Harvard University Press, 1979 — 371-bet.
- 1 2 Açba 2004, s. 52 n. 4.
- ↑ Sakaoğlu 2008, ss. 679, 680.
- ↑ Ekinci 2017, ss. 66–67.
- ↑ Ekinci 2017, ss. 76, 106.
- ↑ Açba 2004, ss. 47–48.
- ↑ Ekinci 2017, ss. 19–20.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Açba, Leyla. Bir Çerkes prensesinin harem hatıraları. L & M, 2004. ISBN 978-9-756-49131-7.
- Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5.
- Ekinci, Ekrem Buğra. Sultan Abdülhamid'in Son Zevcesi. Timaş Tarih, March 31, 2017. ISBN 978-6-050-82503-9.
- Osmanoğlu, Ayşe. Babam Sultan Abdülhamid. Mona Kitap Yayinlari, 2000. ISBN 978-6-050-81202-2.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu Mülkün Kadın Sultanları: Vâlide Sultanlar, Hâtunlar, Hasekiler, Kandınefendiler, Sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-6-051-71079-2.
- Uluçay, M. Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.