Begona (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Begona“ (inglizcha: Alien) — bu Veyland-Yutani korporatsiyasi xodimi Ellen Riplining tajovuzkor yerdan tashqari hayot shakli vakillari — oʻzga sayyoraliklar bilan kurashi asosiy motivi boʻlgan ilmiy-fantastik dahshatli filmlar seriyasi hisolaadi. Seriyadagi birinchi kinofilm 1979-yilda Ridli Skott tomonidan suratga olinib, undan keyin uchta davomiy filmlar: „Oʻzga sayyoraliklar“ (1986), „Oʻzga sayyoraliklar 3“ (1992) va „Oʻzga sayyoraliklar: tirilish“ (1997), rejissyor Jeyms Kameron, Devid Fincher va Jan- Pyer Genet tomoida suratga oligan.

Bir necha yilda soʻng, Skott hozirda „Prometey“ (2012) va „Oʻzga sayyoralik: Kelishuv“ (2017) oʻz ichiga olganqismlarini suratga olishi oshladi. Unda rejissyor oʻzga sayyoraliklarning tur sifatidan kelib chiqish tarixini ochib bermoqchi. Seriyaning mashhurligi bir qator romanlar, komikslar va video oʻyinlar, shuningdek, „Oʻzga sayyoralik va mahluq“ franchayzasiga asoslangandi.

Weyland-Yutani-Corp.png

Kelajakda, XXI-XXIV asrlar oraligʻida, insoniyat kosmosni keng oʻzlashtirgan. Ikki mega-korporatsiya — „Weyland“ va „Yutani“ ning birlashishi galaktika boʻylab sayohat qilish, uzoq sayyoralar va sunʼiy yoʻldoshlarni mustamlaka qilish hamda ularning resurslarini potentsial qazib olish imkonini bergan. Oʻzga sayyoraliklarning mavjudligini bilganlaridan soʻng, „Veyland-Yutani“ rahbariyati xodimlarni manipulyatsiya qiladi hamda bioqurol yaratish uchun oʻzga sayyoralik namunasini olish uchun ularning kosmik kemalari ekipajini xavf ostiga qoʻyishga majur boʻladi.

Prekvellarning syujetida inson zotining muqobil kelib chiqishi hamda musofirlarning yaratilishi haqida hikoya qilinadi. Asosiy voqealardan milliardlab yillar oldin, „Muhandislar“ deb nomlangan qadimgi gumanoid turining vakili oʻzini qurbon qiladi hamda oʻz DNKsi yordamida sayyorada hayotni shakllantirish jarayonini yoʻlga qoʻyadi. Ammo, nomaʼlum sababga koʻra, muhandislar maxsus ishlab chiqilgan halokatli mutagen yordamida Yer aholisini yoʻq qilishga qaror qilishga edi. Buning natijasida oʻzga sayyoraliklar yuzaga keladi.

„Oʻzga sayyoraliklar“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ripleyning kemasi yoʻqolgan va u 57 yil davomida toʻxtatilgan animatsiyada edi. Ripli topilganidan keyin, qimmatbaho yuklar boʻlgan kemaning portlashi boʻyicha tinglovlar oʻtkaziladi, biroq komissiya aʼzolari begonaning mavjudligiga ishonmaydilar, bundan tashqari, koʻchmanchilar LV-426 ga qoʻngan edi. Shu voqea tufayli Ripli leytenant unvonidan mahrum boʻldi. Koʻchmanchilar bilan aloqa uzilib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun Ripli bilan maslahatchi sifatida dengiz piyodalari otryadi u yerga yuborilgan edi. LV-426 da otryad oʻzga sayyoraliklarning butun avlodini topishga muvaffaq boʻladi. Piyoda askarlar bilan kelgan kompaniya xodimi Karter Burk Ripli va Nyutni Yerga olib kelish uchun ularni begona lichinkalar bilan yuqtirishga harakat qilardi, lekin u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Buning natijasida, butun otryaddan faqat Korporal Xiks, android Bishop, shuningdek, Ripli va Nyut omon qolishadi. Ular yadroviy reaktorni portlatib, sayyorani evakuatsiya qilishadi.

U dastlab 1979-yilda suratga olingan „Oʻzga sayyoralik“ filmining prekveli sifatida yaratilgandi. Lekin keyinchalik 2093-yilda film voqealari xuddi shu „Z Grid“ yulduzlar tizimida sodir boʻlgan boʻlsa-da, „Begona“ filmining toʻgʻridan-toʻgʻri prekveli boʻlmagan mustaqil filmga aylantiriladi.

„Begona: Kelishuv“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning davomi 2017-yil may oyida chiqqan.

Dastlab, film „Oʻzga sayyoralik: Yoʻqolgan jannat“ deb nomlangan hamda filmining toʻgʻridan-toʻgʻri davomi sifatida yaratilgan, biroq keyinchalik uning kontseptsiyasi oʻzgargan edi. Taʼkidlanishicha, film yangi trilogiyaning ikkinchi installatsiyasi boʻlib, uning yakunlanishi seriyadagi birinchi film bilan mantiqiy bogʻliq hisolaandi[1]. Film yaratuvchilar dunyosi bilan tanishtirgan hamda oʻzga sayyoraliklarning kelib chiqish tarixini ochib bergan[2].

Boshqa filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzga sayyoralik yirtqichga qarshi“ (inglizcha: AVP: Alien vs. Predator; 2004)[3]
  • „Oʻzga sayyoraliklar yirtqichlarga qarshi: Rekviyem“ (inglizcha: Aliens vs. Predator: Requiem; 2007)[4]
  • „Oʻzga sayyoraliklar“ filmi chiqarilganining 40 yilligini nishonlash maqsadida „20th Century Fox“ „Oʻzga sayyoraliklar“ olamiga bagʻishlangan oltita qisqa metrajli filmlardan iborat „Oʻzga sayyoralik: 40-yillik qisqa metrajli filmlar“ antologiyasini chiqarishga muvaffaq boʻldi. Ular yosh rejissyorlar tomonidan suratga olingan:
    Alien logotipi
    • „Oʻzga sayyoralik: yuqumli kasallik“ (inglizcha: Alien: Containment; 2019)
    • „Oʻzga sayyoralik: namuna“ (inglizcha: Alien: Specimen; 2019)
    • „Oʻzga sayyoraliklar: tugi hujum“ (inglizcha: Alien: Night Shift; 2019)
    • „Oʻzga sayyoralik: ruda“ (inglizcha: Alien: Ore; 2019)
    • „Oʻzga sayyoralik: yolgʻiz“ (inglizcha: Alien: Alone; 2019)
    • „Oʻzga sayyoralik: Hosil“ (inglizcha: Alien: Harvest; 2019)[5]

Filmlarning xronologik tartibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Prometey“ (2089-yil, 2093-yil dekabr — 2094-yil yanvar)
  • „Oʻzga sayyoralik“: Kelishuv (2104)
  • „Oʻzga sayyoralik“ (2122)
  • „Oʻzga sayyoralik“ (2179)
  • „Oʻzga sayyoralik 3“ (2179)
  • „Oʻzga sayyoralik: Tirilish“ (2380-2381)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]