Beate Baumgartner
Beate Baumgartner | |
|---|---|
|
Beate Baumgartner 2009-yilgi chiqishidan | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
Beate Baumgartner 9-may 1983-yil |
| Janrlar | avstropop |
| Kasbi | xonanda |
| Faoliyat yillari | 2002–hozirgacha |
| Fuqaroligi | Avstriya |
Beate Baumgartner (1983-yil 9-mayda tugʻilgan) – „Yola B“ nomi bilan tanilgan qoʻshiqchi.
Baumgartner 1983-yil 9-mayda Janubi-gʻarbiy Afrikaning Vindxuk shahrida (hozirgi Namibiya) tugʻilgan. 2002–2003-yillarda Starmania talantlar shousida ishtirok etgan[1]. Keyinchalik 2005-yilda tashkil etilgan Parov Stelar elektro-swing guruhiga qoʻshilgan[2]. 2008-yildan 2009-yilga qadar boshqa bir elektro-rok guruhi „Monilla“ bilan birga qoʻshiq kuylagan. 2015-yilda Baumgartner „DelaDap“ guruhi tarkibiga qoʻshilgan.
Baumgartnerning otasi avstriyalik, onasi esa namibiyalik boʻlgan. Beate Vundxuk shahrida joylashgan Germaniya xususiy oʻrta maktabida taʼlim olgan va aynan shu yerda aktyorlik va qoʻshiqchilik faoliyatini boshlagan. Onasi Mara Baumgartner aktrisa boʻlgan va „Kakatura“ filmida Elizabeth rolini ijro etgan[3].
Oʻsmirlik chogʻida Baumgartner Avstriyaning Grats shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda Greenpeace hamda Butunjahon tabiat fondida (WWF) ishlagan[4]. Baumgartner universitetda oʻqishdan voz kechib, qoʻshiqchilik faoliyatini rivojlantirish yoʻlini tanlagan. „Starmania“ shousida Baumgartner oltinchi oʻrinni egallagan.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2008-yil: Hello World – 1-bob („Monilla“ bilan)
Yakkaxon ijrolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2003-yil: Shosholoza
- 2008-yil: Monilla: 2nd Life
- 2014-yil: „Skyrocket“ (DelaDap bilan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Life after Starmania - Interview with Beate Baumgartner“ (German). Border Crossing. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
- ↑ „Parov Stelar Band“. Exitmusic. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
- ↑ „Ein Interview mit der Mutter von Starmania-Finalistin Beate Baumgartner“. Allgemeine Zeitung (2003-yil 24-iyun). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
- ↑ „Ein Interview mit der Mutter von Starmania-Finalistin Beate Baumgartner“. Allgemeine Zeitung (2003-yil 24-iyun). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.