Bea Palya
Bea Palya | |
|---|---|
|
Bea Palya Budapeshtda chiqish qilmoqda (2011) | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi | 11-noyabr 1976-yil |
| Janrlar |
|
| Kasbi | musiqachi |
| Faoliyat yillari | 1994–hozirgi kungacha |
| Fuqaroligi | Mojariston |
| Veb-sayt | palyabea.hu |
Bea Palya (vengercha talaffuzi: [ pɒjɒ bɛ.ɒ ]; tugʻilgan vaqtidagi ismi Beáta Palya; 1976-yil 11-noyabrda tugʻilgan) – venger milliy va jahon musiqa yoʻnalishidagi xonanda va bastakor. Baʼzan filmlarda aktrisa yoki xonanda sifatida ham ishtirok etadi.
Bea Palyaning dastlabki ijodiy faoliyatiga venger xalq qoʻshiqlari, bolgar, yahudiy va loʻlilar musiqalari kuchli taʼsir koʻrsatgan[1].
Bea Palya musiqa sohasidagi karyerasi bilan bir qatorda kino sanoatida ham faoliyat yuritgan. Havaskor aktrisa sifatida Miklós Jancsóning „A mohácsi vész“ (2004) filmida ikkinchi darajali rolni ijro etgan. 2006-yilda suratga olingan „Transylvania“ nomli fransuz filmida esa yanada muhimroq rolni ijro etgan. Shuningdek, Palya „Kolorado Kids“ (2010) filmida ham qoʻshiq kuylagan[2]. 2027-yilda Étienne Comarning „Django“ biografik filmida asosiy rolni ijro etib, gitarachi Django Reinhardtning loʻli rafiqasi rolida kinodagi toʻliq metrajli debyutini amalga oshirgan[3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bea Palya 1976-yil 11-noyabrda Vengriyaning Makó shaharchasida dunyoga kelgan. Bag qishlogʻida voyaga yetgan va shu yerda mahalliy raqs ansamblida raqs tushib, qoʻshiq kuylagan. Taʼlimini Budapeshtdagi Apáczai Csere János Gimnáziumda davom ettirgan, keyinchalik esa Eötvös Loránd universitetida etnografiya boʻyicha tahsil olgan. 2002-yilda ushbu universitetini tamomlagan[4][ iqtibos kerak ].
Bea Palya dastlab Vengriyaning Zurgó va Laokoon nomli folklor guruhlarida qoʻshiqlar kuylagan. 2002-yilga kelib, yakkaxon ijro boʻyicha karyerasini boshlagan. U Vengriya va Bolgariya folklor musiqalari, shuningdek, jaz musiqalarini ham ijro etadi. Bundan tashqari, Palya hind va fors musiqasini ham oʻrgangan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Home“. P A L Y A B E A. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.
- ↑ „Bea Palya“. IMDb. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.
- ↑ „Reda Kateb and Cécile de France Shooting Django“. Cineuropa – the Best of European Cinema. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.
- ↑ „Home“. P A L Y A B E A. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.
- ↑ „Beáta Palya | Biography & History | AllMusic“. AllMusic. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.